Toşkent şahar ma'muriy sudi apellyatsiya instansiyasi sudlov hay'ati sud binosida arizaçi «UzAuto Motors» AJning javobgar Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga nisbatan yuritilgan ma'muriy iş yuzasidan qabul qilingan Toşkent şahar ma'muriy sudining joriy yil 30 oktyabrdagi hal qiluv qarori va xususiy ajrimiga nisbatan qömitaning apellyatsiya şikoyati körib çiqildi. Mazkur iş yuzasidan sudning qarori 2020 yil 18 dekarbda e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Sud qaroriga köra, Toşkent şahar ma'muriy sudining joriy yil 30 oktyabrdagi hal qiluv qarori va xususiy ajrimi özgarişsiz qoldirildi. Özbekiston Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining apellyatsiya şikoyati qanoatlartirilmasdan qoldirildi.

Sudyaning aytişiça, apellyatsiya qarorini qabul qilişda, birinçi navbatda, «UzAuto Motors» faoliyatida avtomobillar uçun narxni belgilaş siyosati davlat rahbari va hukumatning alohida qarorlari, şu jumladan maxfiy hujjatlar bilan tartibga solinişi inobatga olindi.

«Bunday normativ-huquqiy hujjatlar aslida bor. Ular sud muhokamasiga qöyilmagani sababi ularning maxfiy ekanligi bilan boğliq. Sudlov hay'atining özi tegişli ruxsatnomaga ega ekanligi tufayli, uşbu hujjatlar bilan tanişib çiqib, şunday xulosaga kelgan. Bundan taşqari, qömita tomonidan asos qilib olingan hukumatning 239-sonli qarori, 249- va 54-sonli qarorlari, tegişli tekşirişlarni ötkaziş böyiça nizom talablari asosida jamiyatga nisbatan taftiş ötkaziş tamoyillari hukumat va davlat rahbari qarorlari tartiblariga muvofiq kelmagan. Hujjatlar taqqoslanganda, qömitaning jamiyat faoliyati yuzasidan tekşiriş ötkaziş vakolatiga ega yoki ega emasligiga huquqiy baho berildi», — dedi sudya.

Sudyaning aytişiça, birinçi instansiya sudi tomonidan yöl qöyilgan protsessual xato va kamçiliklar qöpol xatolar bölmagan.

«Ular aslida texnik xatolar bölib, sudning çiqargan qaroriga mazmunan ta'sir qilmaydi», — deya qöşimça qildi sudya.

Ma'lumot uçun, 11 dekabr kuni Toşkent şahar ma'muriy sudi binosida Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining Toşkent şahar ma'muriy sudining 2020 yil 30 oktyabrdagi qabul qilgan hal qiluv qaroriga va unga asosan çiqarilgan xususiy ajrimiga nisbatan kiritgan şikoyatini apellyatsiya instansiyasida köriş boşlangandi.