Kun.uz muxbirining xabariga köra, binoga kirişda undan telefon va boşqa qurilmalarini taşlab ketiş söralgan. Milliy gvardiya xodimlaridan bunga huquqiy asos söralganda, heç qanday javob berilmagan. Keyinroq esa sessiya yiğilişi boşlangani haqidagi vaj bilan muxbir sessiyaga kiritilmagan.

Kiritilmaganlar orasida Kun.uz muxbiridan taşqari KRuz.uz sayti va Karinform.uz sayti muharrirlari ham bor. Ular ham yuqoridagi sabablar bilan sessiyaga kiritilmagan. 

Karinform.uz sayti muharriri bilan qiziq holat kuzatilgan. Islam Matekov binoga kirişda telefon, fotoapparatlarini qoldirib ketişga rozi bölgan. Ammo qurilmalar solinadigan sumkani qöyib ketişga ham, olib kirişga ham ruxsat berilmagan. Matekov bunga ham rozi bölib sumkasini deraza qarşisiga qöyib, içkariga kirgan. Bu payt esa sessiya boşlanib ketgani uçun zalga kiritilmagan.

Sessiya 15:00da boşlanişi kerak bölgan. Qoraqalpoğistondagi jurnalistlar sanoat mahsulotlari körgazmasiga 14:00da çaqirilgan. Soat 12:00lar atrofida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining axborot xizmati xodimlari körgazma soat 13:00da bölişini aytişgan. Jurnalistlar belgilangan vaqtda körgazma bilan emas, AOKA direktori Asad Xöjayev va Vazirlar Kengaşi raisi birinçi örinbosari Nurullan Erlepesov bilan norasmiy uçraşgan. Uçraşuv soat 14:48gaça davom etgan. Şu bilan sessiya boşlanişiga 12 daqiqa qolganda jurnalistlarga xabar qilingan.

Muxbir xabariga köra, Jöqorği Kengesning oçiq ötadigan yiğilişlari, sessiyalari va boşqa tadbirlariga odatda internet jurnalistlari kiritilmaydi.

Eslatib ötamiz, joriy yil 28 avgust kuni Urganç şahar hokimligida bölib ötgan navbatdan taşqari sessiyaga Kun.uz muxbiri kiritilmagandi. 

Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengaşining 2010 yil 30 dekabrdagi 154-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar Kengaşining namunaviy reglamenti”ning 12-moddasiga köra, sessiyalar oçiq, oşkora ötkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi.