Ozarboyjon hukumati koronavirus pandemiyasi sababli Rossiya bilan çegara 2021 yilning 1 martigaça yopilganini e'lon qildi.
Mamlakatning Rossiyadagi elçixonasi xabar qilişiça, «Rossiyada ham, Ozarboyjonda ham koronavirus yuqtirganlar sonining keskin ösişi» hamda mamlakatda qat'iy karantin çoralari kiritilgani sababli Boku tegişli çoralarni körgan.
Ozarboyjonning Rossiya bilan quruqlikdagi çegarasi Doğiston Respublikasi va Haçmaz tumani örtasida ötgan. Ozarboyjonning Rossiyadagi elçixonasi fuqarolardan Doğistonga safar qilmaslikni söragan.
Avvalroq Ozarboyjon muntazam aviaqatnovlar uçun havo çegaralarini 31 yanvargaça yopgandi. Respublikada 14 dekabrdan 18 yanvargaça qat'iy karantin rejimi joriy etilgan: barça restoran, qahvaxona va savdo markazlari yopilgan, aholi faqat maxsus SMS-ruxsatnoma bilangina uydan çiqişi mumkin.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Ozarboyjonda 195,4 mingdan ortiq kişi koronavirus yuqtirgan, 2,1 mingdan ortiq bemor vafot etgan. Rossiyada esa 2,7 mln holat qayd etilgan, 49,7 ming kişi vafot etgan.












