Qayd etilişiça, suv işlab çiqariş tannarxi amaldagi narx bilan mutanosib emas.

«Bugungi kunda korxona tomonidan 1 kub metr suv işlab çiqariş uçun 372 söm sarflanmoqda. Körinib turibdiki, tannarxning özi aholi uçun hisoblangan 1 kub metr içimlik suvi narxidan (310 söm) 62 sömga qimmat.

Şu kabi omillar sabab Toşkent şahar suv ta'minoti» MÇJ 2019 yilda 58,8 mlrd.söm hamda 2020 yilning 8 oyida 21,3 mlrd. söm zarar kördi», - dedi «Toşkent şahar suv ta'minoti» MÇJ direktori Maqsud Abbosxonov.

Şuning uçun tizim va tarmoqlarning eskirganligi tufayli suv ta'minotida uzilişlarning oldini oliş, içimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlarining sifatini oşiriş böyiça 2021 yilga rejalaştirilgan tadbirlarni inobatga olgan holda yangi tariflar böyiça takliflar tayyorlangan.

«Toşkent şahar suv ta'minoti» MÇJ direktorining iqtisodiy masalalar böyiça direktor örinbosari Ilhom Tolipov taklif etilayotgan yangi narx (tarif)lar evaziga 2021 yilda quyidagi işlar amalga oşirilişini ma'lum qildi:

  • nasos stansiyalardagi suv uzatiş tizimini avtomatlaştiriş (SCADA) hisobiga va eskirgan nasoslarni yangi zamonaviy energotejamkor nasoslarga almaştiriş. Buning natijasida suv işlab çiqariş hajmi 17,6 mln. kub metrga kamaytiriladi va yiliga 6 mln. kVt elektr energiyasi iqtisod qilinadi.
  • har yili eskirgan içimlik suvi va kanalizatsiya quvurlari 69 kilometrdan ta'mirlanadi. Ma'lum qilinişiça, hozirda Toşkent şahridagi suv quvurlarini ta'mirlaş juda orqada qolgan. Şu sababli yiliga 69 kilometrdan ta'mirlaş evaziga taxminan 8 yil muddatda bu boradagi normaga tuşib olinadi. Hozirda imkoniyatdan kelib çiqib yiliga 15-20 km. uzunlikdagi quvurlar ta'mirlanmoqda.
  • jamiyat asosiy işçi xodimlarining örtaça oyligi 1-1,2 million sömni taşkil qilmoqda. Yangi tariflar tasdiqlansa, xodimlarning örtaça oyliklari 1,8 million sömga yetkaziladi. Ma'lum qilinişiça, jamiyat rahbarlarining örtaça oyligi 3-3,5 million söm va ularning oyligini oşiriş közda tutilmagan.
  • şuningdek, yangi tariflar jamiyatning xalqaro moliya institutlari oldidagi qarzlarini öz vaqtida qaytariş imkonini beradi. Hozirda Islom taraqqiyot bankidan 24 million AQŞ dollari miqdorida qarzdorlik qolgan, jadvalga asosan, yiliga 3 million dollari qaytarilmoqda. Şuningdek, «Toşkent şahar suv ta'minoti» MÇJ Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankidan 30 million AQŞ dollari miqdoridagi kreditni olmagani ma'lum qilindi. Bu boradagi muzokaralar pandemiya boşlanganida töxtatib qöyilgan.

“Boşqa kommunal xizmatlar narxi barça hududlar uçun bir xil miqdorda, içimlik suvi esa öşa hududning suv yetkazib berişdagi geografik joylaşuvi, unga ketadigan sarf-xarajatlardan kelib çiqib belgilanadi. Toşkent şahri suv narxi eng arzon bölgan hududlardan hisoblanadi. Poytaxtdagi iste'molçilar uçun markazlaşgan içimlik suvining 1 litri narxi amaldagi 31 tiyin örniga 50 tiyinga oşişi kutilmoqda”, - deya «Toşkent şahar suv ta'minoti» MÇJ direktorining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.