Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi mutaxassislari tomonidan Nukus şahrida istiqomat qiluvçi tadbirkor M.Ş. murojaati böyiça Ellikqal'a tumani Maktabgaça ta'lim bölimi mansabdor şaxslari tomonidan budjet mablağlarining maqsadli sarflanişi böyiça örganişlar ötkazilgan va uşbu holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlarini ötkaziş uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasiga sörov yuborilgan.

Natijada prokuratura tomonidan Ellikqal'a tumani Maktabgaça ta'lim bölimi huzurida tuzilgan tanlov komissiyasining 2020 yil 24 sentyabrdagi 3-sonli majlisi bayoniga asosan tanlov ğolibini aniqlaş böyiça komissiya qarori «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonun talablariga zid ravişda qabul qilingani aniqlanib, mazkur majlis bayonini bekor qiliş haqida protest kiritilgan.

«Örganişlar yakunida Ellikqal'a tumani maktabgaça ta'lim bölimi mas'ul şaxslari tomonidan ofis mebellari xarid qilişda qonunçilik talablariga rioya qilinmagani uçun xarid böyiça tuzilgan şartnomalar bekor qilinib, qariyb 1,6 mlrd söm budjet mablağlari asossiz sarflanişining oldi olindi», deyiladi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ma'lumotida.

Şu bilan birga, davlat xaridlari sohasida qonun talablari ijrosini ta'minlamasdan, zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmay xizmat intizomini buzib kelgan Ellikqal'a tumani Maktabgaça ta'lim bölimi vakillari D.B., M.H., M.N., O‘.S. va X.A.ga nisbatan intizomiy javobgarlik töğrisida iş qözğatilgan.