14:07 / 07.07.2020
9114

«Roskosmos» bosh direktor o‘rinbosari davlatga xiyonatda gumon qilinib qo‘lga olindi

Roskosmos davlat korporatsiyasi bosh direktorining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi Ivan Safronov davlatga xiyonatda gumon qilinib qo‘lga olindi. Davlat korporatsiyasi axborot xizmatiga asoslangan holda TASSning xabar qilishicha, qo‘lga olish uning hozirgi ishi bilan bog‘liq emas. 

Foto: Getty Images

“Roskosmos” davlat korporatsiyasi axborot xizmati xabar qilishicha, bugun tergov idoralari tomonidan “Roskosmos” davlat korporatsiyasi bosh direktorining maslahatchisi I.I. Safronovni ushlash amaliyoti o‘tkazildi”, - deya ma'lum qilgan Roskosmosda.

Qayd etilishicha, Safronovga RF JKning 275-moddasi (davlatga xiyonat) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. “Hozirda tergov ishlari olib borilyapti”, - deyiladi Roskosmos xabarida. 

Xabarda ta'kidlanishicha, Roskosmos tergov idoralariga har qanday ko‘mak bermoqda. 

Uni Rossiya FXX xodimlari qo‘lga olgan. 

1990 yili Moskvada dunyoga kelgan Safronov 2010 yili Iqtisodiyot oliy maktabini “jurnalistika” mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan. 2010-2019 yillarda “Kommersant” nashri muxbiri va maxsus muxbiri. 2019-2020 yillarda “Vedomosti” gazetasining maxsus muxbiri sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 

Harbiy, harbiy-texnik hamkorlik, mudofaa sanoati majmuasi muammolari va kosmik sanoatni yoritgan. May oyida Safronov Roskosmos bosh direktorining axborot masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi. 

Mavzuga oid
Top