Prezident “Özbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Özbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirişning asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:
- mamlakat taraqqiyoti uçun yangi taşabbus va ğoyalar bilan maydonga çiqib, ularni amalga oşirişga qodir bölgan, intellektual va ma'naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlaş, ta'lim taşkilotlari bitiruvçilari zamonaviy kasb egalari bölişlari uçun ularda zarur könikma va bilimlarni şakllantiriş;
- dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardoş bera oladigan milliy ta'lim tizimini yölga qöyiş, darslik va öquv qöllanmalarini zamon talablari asosida takomillaştiriş, ularning yangi avlodini yaratiş, öquv dasturlari va standartlarini optimallaştiriş;
- ta'lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylari, professor-öqituvçilari va ilm-fan sohalari vakillarining jamiyatimizdagi örni va maqomini oşiriş, ularning maşaqqatli mehnatini munosib qadrlaş va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rağbatlantiriş;
- pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oşirib boriş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş, malaka oşiriş tizimini «hayot davomida öqiş» tamoyili asosida takomillaştirib boriş;
- ilmiy-tadqiqot va ta'lim xizmatlarini körsatiş böyiça xususiy sektorning salmoğini kengaytiriş, hududlarda nodavlat ta'lim taşkilotlarini taşkil etiş orqali raqobat muhitini şakllantiriş, ta'lim sohasida davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş;
- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qöllagan holda ta'limni boşqarişni avtomatlaştiriş va har tomonlama tahlil qilib boriş tizimini yaratiş, elektron resurslar va masofaviy ta'limni yanada rivojlantiriş, ta'lim oluvçilar örtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalaştiriş;
- ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvçi kuçiga aylantiriş, ilmiy tadqiqotlar kölamini kengaytiriş, iqtidorli yoş olimlarning innovatsion faoliyatini rağbatlantiriş, mavjud ilmiy taşkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlaş va rivojlantiriş;
- ta'lim tizimiga yuqori samarali xalqaro amaliyotni joriy etiş, respublika ta'lim taşkilotlarini nufuzli xalqaro reytinglarga kiritiş böyiça tizimli işlarni amalga oşiriş.
2021 yil 1 yanvardan boşlab har bir umumta'lim muassasasida Ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçi lavozimi joriy etiladi.












