Alişer Qodirov «UzAuto Motors» atrofidagi tanqidlarga munosabat bildirdi
|03:50 / 23.12.202033 7684 min
Özbekistondagi avtomobil sanoati 94-yillarda aholini iş bilan ta'minlaş qiyin bölgan şaroitda, odamlarning daromad manbasi yöq paytda, Asakada avtomobil işlab çiqariş zavodi qurilişi bilan boşlandi. U iqtisodiyotimizga katta madad kuçi sifatida kelgan va umidlarimiz sifatida şakllangan, deydi «Milliy tiklaniş» partiyasi rahbari Alişer Qodirov.
22 dekabr kuni Milliy matbuot markazi binosida «Milliy tiklaniş» partiyasining bir yillik faoliyati hisobotiga bağişlab ötkazilgan matbuot anjumanida deputat Alişer Qodirov «UzAuto Motors» AJ atrofidagi tanqidlarga munosabat bildirdi.
Uning aytişiça, kompaniya Özbekiston yalpi içki mahsulotida 34 trillion söm qiymatlik yaratadi.
«U yerda 28 ming, hatto undan ortiq Özbekiston fuqarolari mehnat qiladi. Avtosanoatda yaratilgan bitta işçi örni turdoş 7-8tagaça iş örnini paydo qiladi. Masalan, 28 ming odam rasman kompaniyada band bölsa, yana 250 mingga yaqin odam avtosanoat uçun işlab, non topyapti. Biz Özbekistondagi 300 mingga yaqin odamning non topiş manbasi haqida gaplaşyapmiz», — deydi u.
Alişer Qodirov odamlarning avtomobil narxi, xorijiy maşinalarga örnatilgan baland boj tölovlariga ham töxtalib ötdi.
«Avtosanoatni heç kim osonlikça rivojlantirmagan. Avtosanoati mavjud davlatlar esa raqobatda kuçli böladi. Negaki, uşbu sanoat ilmiy-texnologik rivojlanişga ham turtki beradi. Boj masalasida esa bir neçta davlatlar tajribasiga qarasak, Yaponiya va Janubiy Koreya 80-yillargaça içki bozorni tamoman yopiq tutgan. Mana şu siyosatning natijasi nimaga olib keldi? Hozir bu davlatlarda işlab çiqarilgan maşinalar jahon bozorida sotilmoqda. Ular bunga bir kunda erişmadi, balki ma'lum bir muddat içki bozorni himoya qildi. Bizning tuşunçamiz böyiça raqobatga e'tibor qilmadi», — deya qöşimça qildi u.
Alişer Qodirovga köra, xorijiy maşinalarga boj stavkalari pasaytirilsa, mamlakat importi 6-7 milliard dollarga oşadi.
Alişer Qodirov
«Avtomobilni har yili 300 mingga yaqin odam sotib oladi. Biz 300 ming odamning manfaatini közlab, 35 million xalq yaşayotgan mamlakat iqtisodiyotini xavfga qöya olmaymiz. Bu tamoman yopilişga işora qilmaydi, biz ham milliy zavodning raqobatbardoş bölişini istaymiz. Özbekiston Jahon savdo taşkiloti a'zosi emas, lekin Kioto paktiga qöşildik. Bu bojlarni muvofiqlaştiriş işi boşlanganini anglatadi», — dedi u.
«Milliy tiklaniş» yetakçisi partiya milliy işlab çiqaruvçilar manfaatini himoya qilişini eslatib, konservatorlarga xos munosabatini davom ettirdi.
Mavzuga oid
«Özbekistonda avtosanoat rivojlanişda haligaça davom etyapti. U yerda qabul qilinayotgan ayrim qarorlarni yaxşi iqtisodçilar ham tuşunmaydi. Masalan, parlamentda davlat budjeti qonuni loyihasi muhokama etilganda yetakçi partiya deputati avtosanoatga berilgan 500 milliard sömlik soliq imtiyozini şubha ostiga oldi. Şu soliq imtiyozi nega berilganini rahbariyat yaxşi anglaydi, buning ortida iqtisodiy manfaatlar bor. Aniq iqtisodiy harakat borki, şu sanoatni rivojlantiriş kerak», — deydi u.
Şu tariqa, Alişer Qodirov «UzAuto Motors» narx siyosati maxfiy hujjatlar bilan yaşirilgani yuzasidan yöllangan savolga javob berdi.
«Agar maxfiylik bölsa, demak maxfiylik asosi bor. Bundan taşqari, avtosanoat bozorida raqobat kuçli. U yerda narxlarning şakllanişi bilan boğliq tijoriy sirlar oçiqlamaslik jamiyat nizomi va qonunlarda ham belgilangan», — deya qöşimça qildi u.
Ma'lumot uçun, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi 2020 yil bahorda «UzAuto Motors»ga nisbatan tekşiruv boşlab, qözğatilgan işni avgust oyida yakunlagandi. Unga muvofiq, avtomobil işlab çiqaruvçi kompaniya «monopol yuqori narx» qöllagani aniqlangan. Kompaniya esa qömita maxsus komissiyasi qarori bilan kelişmay, sudga da'vo kiritib yutib çiqdi.
Şundan söng, ijtimoiy tarmoqda Alişer Qodirovning qömita rasmiysi bilan tortişuvi boşlandi.