Koronavirusning yangi ştammi: u haqda nimalar ma'lum?
|02:57 / 23.12.202045 97310 min
Koronavirusning yangi ştammi juda tez tarqalişi Londonda va Angliyaning janubi-şarqida qat'iy lokdaun joriy etilişiga olib keldi, Angliya, Şotlandiya va Uels aholisi uçun Rojdestvo bayramida karantin yumşatilişi haqidagi qaror bekor qilindi, önlab davlatlar Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni töxtatişga qaror qildi.
Foto: PA MEDIAFoto: PA MEDIA
Ötgan oylarda virus qançalik mutatsiyaga uçraganki, hukumatlar bu qadar şoşilinç çoralar körişga majbur bölişmoqda? BBC agentligining ilm-fan va tibbiyot böyiça korrespondenti Jyeyms Gallaher yangi ştamm haqida mavjud ma'lumotlarni töpladi.
Britaniya rasmiylari maslahatlaşadigan ilmiy kengaş yangi ştamm insondan insonga avvalgisidan köra osonroq yuqişini bildirgan.
Hozirça köp narsa mavhum, yangi ştamm juda kam örganilgan.
Viruslar doimo mutatsiya böladi, şu tufayli ular özini qay tarzda tutayotganini doimiy ravişda kuzatib boriş muhimdir.
Bu yangi ştamm nima uçun bu qadar xavotir uyğotmoqda?
Uç omil jam bölib olimlarning alohida e'tiborini tortmoqda:
U şu virusning boşqa ştammlarini tezkorlik bilan siqib çiqaradi;
Mutatsiya virusning alohida ahamiyatga ega bölgan qismlarida sodir böladi;
Bu mutatsiya holatlarining ayrimlari laboratoriya şaroitlarida virusning hujayralarga kiriş qobiliyati oşganini namoyiş etdi.
Bularning bari jam bölib, virus yanada tez tarqaliş imkoniga ega bölişini körsatmoqda.
Şunga qaramay, mutaxassislarning bunga mutlaq işonçi komil emas.
Yangi ştammlar mos vaqtda mos joyda paydo bölsa, juda tez tarqalişi mumkin. Masalan, hozirda virus tarqalişi öçoğiga aylangan Londonda yaqin-yaqingaça çeklovlarning faqatgina ikkinçi darajasi amal qilayotgandi.
Kasallik tarqalişini jilovlaş maqsadida hukumat birdaniga çeklovlarning eng yuqori — törtinçi darajasini joriy etdi.
«Laborator tadqiqotlar ötkaziş zarur. Ammo biz bir hafta yoki bir oy kuta olamizmi? Hozirgi vaziyatdan kelib çiqib aytsak, köp ehtimolki, yöq», deydi BBC bilan suhbatda yangi koronavirus genomini rasşifrovka qiliş böyiça Britaniya tibbiy assotsiatsiyasi (Covid-19 Genomics UK Consortium) professor Nik Loman.
U qançalik tez tarqalmoqda?
Bu yangi ştamm ilk bor sentyabr oyida qayd etilgan.
Noyabrga kelib Londondagi barça kasallaniş holatlarining 25 foizi koronavirusning aynan şu variantiga töğri kelgan. Dekabr oyi örtalarida bu körsatkiç 65 foizdan oşgan.
Mavzuga oid
Britaniyadagi Milton Keynes Lighthouse Laboratory laboratoriyasida ötkazilgan test natijalariga qarab ham, bu ştamm laboratoriya tahlillarida ustunlik qilayotganini köriş mumkin.
Ammo bu örinda nafaqat virusning harakatini, balki odamlar özini qanday tutişini ham hisobga oliş darkor.
Britaniya boş vaziri Boris Jonson yangi ştammning yuqumlilik darajasi 70 foizdan ortiq bölişi mumkinligi, şu tufayli reproduksiya indeksi (yuqumli kasalliklar köpayişi yoki kamayişini körsatuvçi indeks) 0,4ga oşişi mumkinligini aytdi.
Yangi virusning xususiyatlari hali yetarliça örganilmagan, bu yana bir neça oylik tahlillarni talab qiladi. Virus hujum taktikasini özgartirgan ekan, biz himoya taktikasini özgartirişimiz kerak. Özimizda bor ma'lumotlar asosida çoralar köramiz, çunki u juda tez tarqalmoqda», degan boş vazir.
Ötgan haftaning juma kunida 70 foiz haqida Londondagi Imperial kollej doktori Erik Fols ham öz taqdimotida gapirgandi.
U öz çiqişida şunday degandi: «Hozirça xulosalar qiliş uçun juda erta… ammo biz körib turibmizki, u juda tez, ança tez, şunday ekan, uni kuzatişda davom etiş juda muhim».
Bu yangi ştamm qançalar yuqumli ekanini isbotlaydigan, öta aniqlikdagi raqamlar yöq.
Öz tadqiqotlari natijalarini hali e'lon qilmagan olimlar 70 foizdan yuqori raqamlarni ham, undan pastroq raqamlarni ham berişgan.
U çindan ham avvalgi variantlardan köra zararliligi borasidagi savol oçiq qolmoqda.
«Hozirda ixtiyorimizda mavjud bölgan oçiq ma'lumotlar virusning yuqumliligi yuqoriroq ekani haqida xulosa qiliş uçun mutlaqo yetarli emas», deydi Nottingem universitetidan bölgan virusolog, professor Jonatan Boll.
U qançalik keng tarqalgan?
Bugungi kunda mazkur ştamm yoki Buyuk Britaniyadagi bemorlardan birida paydo bölgani, yoki koronavirus mutatsiyasi alohida kuzatilmagan boşqa mamlakatdan kirib kelgani taxmin qilinmoqda.
Bu ştamm hozirda Birlaşgan Qirollikning Şimoliy Irlandiyadan boşqa barça hududlarida aniqlangan, ayniqsa Londonda, şuningdek, Angliya janubi va şarqidagi grafliklarda keng tarqalgan. Boşqa hududlarda, aftidan, u juda yaxşi ildiz otmagan.
Dunyo böylab barça viruslar namunalarining genetik kodini kuzatiş bilan şuğullanuvçi Nexstrain xalqaro loyihasi ma'lumotlariga köra, Daniya va Avstraliyada aniqlangan yangi ştammning kelib çiqişi Britaniyaga taqaladi.
Niderlandlar ham bu ştamm bilan boğliq bir neça holatlarni qayd etişgan.
Janubiy Afrikada ham şunga öxşaş variant paydo bölgan, ammo u Britaniya bilan boğliq emasligi aytilmoqda.
Bunday mutatsiyalar avval ham bölganmi?
Ha. Hozirda butun dunyoda aniqlanayotgan koronavirus Xitoyning Uhan şahrida bölgan virusdan butunlay farq qiladi.
Mutatsiyaga uçragan D614G ştammi Yevropada fevraldayoq paydo bölib, keyin butun dunyo mamlakatlarida aynan şu virus keng tarqalgandi.
Yana bir ştamm, A222V esa şu yil yozida Ispaniyadan ta'tildan qaytganlar orqali Yevropa böylab tarqaldi.
Britança ştamm mutatsiyasi haqida nimalar ma'lum?
Yangi ştamm tahlilining e'lon qilingan dastlabki rasşifrovkasida muhim 17ta muhim genetik özgariş haqida gap ketadi.
Virusning toj oqsillarida özgariş bölgan — bular virusning odam tanasi hujayralari qobiğidan ötib, içkariga kirişida kalit vazifasini ötaydi.
Mutatsiyalardan biri N501Y tojning RBD deb ataluvçi muhim qismi uçun javobgardir.
Aynan şu yerda toj tana hujayrasi yuzasi bilan kontakt qiladi. Virusga hujayra içiga kirişga yordam beradigan har qanday özgariş, katta ehtimol bilan bu ştammga ustunlik beradi.
«Barça parametrlari şuni körsatmoqdaki, bu juda muhim adaptatsiya», deya qayd etadi professor Loman.
Köp bor qayd etilgan, xususan, Daniya fermer xöjaliklaridagi qoraközanlar orasida avj olgan yana bir mutatsiya (H69/V70) natijasida ham tojning kiçik bir qismi yöqolgan edi.
Kembrij universiteti professori Ravi Gupta tomonidan ötkazilgan tadqiqotlar şuni körsatdiki, laborator şaroitda bu mutatsiya virus yuqumliligini ikki barobar oşirgan.
GETTY IMAGES
Xuddi şu tajribalar davomida olimlar tomonidan taxmin qilinişiça, uşbu mutatsiya kasallikdan foriğ bölgan odamlar qonida hosil bölgan antitanaçalarning virusga qarşiligini susaytirgan.
«Holatlar ösişda davom etmoqda va bu hukumatni ham, bizni, barça olimlarni ham taşvişlantirmoqda», degan BBC uçun bergan intervyusida professor Gupta.
Yangi ştamm qayerdan keldi?
Bu yangi ştamm kutilmaganda juda kuçli mutatsiyaga uçragan.
Katta ehtimol bilan bu virus unga qarşi kuraşa olmaydigan, sust immunitetli bemorda paydo bölgan.
Uning tanasi qarşi kuraşiş örniga virus uçun özgariş joyiga aylangan.
Virus yanada ölimvor böladimi?
Hozirça buni tasdiqlovçi biror dalil yöq. Ammo vaziyatni nazorat ostida uşlab turiş kerak.
Şunga qaramay, yuquvçanlik oşişi haqidagi faktning özi şifoxonalarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirişi mumkin.
Agar virusning bu yangi varianti odamdan odamga oson yuqayotgan bölsa, statsionarlarda davolanişi kerak bölgan bemorlar soni haddan ziyod köpayişi mumkin.
Vaksina yangi ştammga qarşi işlaydimi?
Amalda, aniq qilib «ha» deyiş mumkin. Faqat bu yaqin kelajak uçun aytiladigan gap.
Hozirda yetakçilik qilayotgan har uç vaksina virusga qarşi aynan uning toji orqali kuraşib, immunitet hosil qiladi.
Ular immun tizimini virusning turli tarkibiy qismlariga hujum qiliş uçun sozlaşadi, bu esa tojning muayyan qismi mutatsiyaga uçrasa ham, vaksina samarasi saqlanib qolişini anglatadi.
«Ammo agar biz yana bir qança mutatsiyalarni ötkazib yuborsak, u holda xavotirli vaziyat yuzaga keladi. Bu virus vaksina hosil qilgan himoyani aylanib ötişga salohiyati bor va u allaqaçon buning uçun bir neça qadam taşladi», deydi professor Gupta.
Agar virus vaksina ilojsiz qoladigan darajada mutatsiyaga uçraşda davom etsa, şunday vaziyat yuzaga keladi.
Bu esa, ehtimol, yangi koronavirus, xususan, juda köp odamlarni zararlaşga moslaşa olişini körsatayotgan yangi ştamm bilan boğliq eng xavotirli jihatdir.
«Bu virus, aftidan, vaksinaga qarşi tura oladigan mutantlarni keltirib çiqara oladi», — Glazgo Universiteti professori Devid Roberson ötgan haftaning jumasidagi taqdimotini şunday sözlar bilan yakunladi.
Unda biz xuddi gripp bilan bölgani kabi vaksinani muntazam ravişda yangilab turiş holatiga tuşamiz.
Baxtimizga, hozirda insoniyat ixtiyoridagi koronavirusga qarşi vaksinalarni moslaştirib boriş ança oson.