«Uşbu yöl ötkazgiç 2000 yilda qurilgan. Umumiy uzunligi 912 metr, eni esa 29 metr, konstruksiya qismi 660 metr, yondaşiş yöllarining uzunligi 252 metr bölgan köprik işga tuşirilgandan buyon ta'mirlaş işlari amalga oşirilmagan. Şu sababli, yöl ötkazgiçning qatnov qismidagi temir-beton konstruksiyalar, ğildirak qaytargiçlar, bezak plitalari, metall tösiq panjaralari, asfalt beton qoplamalari hamda taroqsimon körinişidagi deformatsion çoklari yaroqsiz holga kelib qolgandi», deyiladi xabarda.


Yöl ötkazgiçni mukammal ta'mirlaş işlarini olib borişda, asosan, qatnov qismidagi temir-beton konstruksiyalar almaştirilgan va ostki fazosidagi konstruksiya qismlari balkalar, rigellar hamda tayanç ustunlari, temir-beton qoplamalarining buzilgan joylari qayta tiklangan. Yöl ötkazgiçning qatnov qismidagi yölni ajratib turuvçi quyma beton bloklar örnatilib, asfalt-beton qoplamasi yotqizilgan.


Mazkur yöl ötkazgiçni ta'mirlaş işlari 2019 yil kuz oylarida boşlangan va unga 21 mlrd söm mahalliy budjet hisobidan ajratiş belgilangan edi. 2019-2020 yillardagi qiş mavsumida ta'mir işlari töxtatilgandi. Ta'mirlaş işlari töxtatilişi sabab haydovçilarga noqulaylik tuğilişi oqibatida keng jamoatçilik muhokamasiga sabab bölgan bu köprik haqida Kun.uz saytida ham maqola e'lon qilingan edi.










