Oldingi sud majlisida Guljahon Yöldoşeva va boşqa sudlanuvçilarning budjet mablağlarini talon-taroj qilinişiga doir ayblovlar yuzasidan körsatmalari tinglangan edi.
21 dekabr kuni bölib ötgan navbatdagi sud jarayonida guvoh va ekspertlar öziga ma'lum bölgan holatlar yuzasidan körsatma berişdi. Sud raisi, prokuror va advokatlar iş tafsilotlariga oydinlik kirituvçi savollar bilan ularga murojaat qilişdi.
Sud majlisiga iş böyiça jalb etilgan Soğliqni saqlaş vazirligi vakili Şokir Ortiqov Toşkent viloyati yuqumli kasalliklari şifoxonasida marhum F.Rustamovning ölimi yuzasidan komissiya tuzilgani, özi komissiya a'zosi sifatida qatnaşganini ta'kidladi. Şuningdek, bir neça bor şifoxonaga borişganida, boş şifokor Guljahon Yöldoşeva iş joyida bölmagani sababli tekşiruvni ötkaza olişmaganini qöşimça qildi. Şokir Ortiqov komissiya xulosasini öqib eşittirdi.

Işga ekspert sifatida jalb etilgan Sobirjon Rayimov ham öziga ma'lum holatlar yuzasidan körsatma berdi. Ekspert marhum F.Rustamovni prokuratura tergovçisining qaroriga binoan sud tibbiy ekspertizasidan ötkazganini va ekspertiza xulosasi böyiça ma'lum holatlarni sudga bayon qildi.
Yana bir guvoh Duşan Begatov ham sudda körsatma berdi. Begatov marhum F.Rustamov Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida işlaganini, keyinçalik F.Rustamov boşqa şifoxonaga köçirilganidan söng, uning kasallik tarixiga boşqaning nomidan imzo qöyganini aytib ötdi.

Karantin davrida Toşkent viloyati yuqumli kasalliklari şifoxonasida hamşira bölib işlagan Aydana Yesenaliyeva sudda körsatma berişiça, Yöldoşevaning marhum F.Rustamovni boşqa şifoxonaga köçiriş haqidagi gapini eşitib qolgan.

Lekin Yöldoşeva bunday gapni aytmaganini, Aydananing gaplari yolğon ekanini ta'kidladi. Advokat X.Ahrorovning bu gapni Yöldoşeva aynan qaçon va qaysi tilda, kimlarning oldida aytgani haqidagi savoliga esa, Yesenaliyeva aniq javob bera olmadi.













