Germaniyaning BioNTech farmatsevti laboratoriyasi tasdiqdan ötgan vaksina koronavirusning Britaniyada tarqalgan yangi ştammiga qarşi samarali yoki yöqligi böyiça aniq bir gap aytiş muşkul ekanini ma'lum qildi.

«Ilmiy tarafdan olib qaralsa, virusning yangi ştammlariga qarşi hozirgi vaksina bilan immun tizimi turib bera olişi kerak. Joriy vaksina yangi ştammlarga qarşi qançalik samaradorligini aniqlaş uçun ma'lum tadqiqotlar qilinişi kerak. Mabodo vaksina yangi versiyalarga moslaştirilişi kerak bölsa ham, bunga 6 haftaça vaqt kerak böladi.

Bizda vaksina yangi ştammga qarşi tura olişi borasida ilmiy işonç bor, biroq buni tajriba qilmasdan aniqlaşning imkoni yöq. Tajribaga ikki hafta vaqt kerak. Biz albatta tajriba asosida olingan ma'lumotlarni oşkor qilamiz», degan kompaniya ijroçi direktori Uğur Şahin.

Şunday bölgan taqdirda vaksina qöllanişidan oldin muvofiqlaştiruvçi idoralarning tasdiğidan qayta ötkazilişi zarur.

BioNTeç’ning Pfizer farmkompaniyasi bilan birga işlab çiqargan vaksinasi jahonning 45 davlatida tasdiqdan ötgan. Vaksinani ma'qullagan davlatlar orasida AQŞ, Buyuk Britaniya va Yevropaning qator mamlakatlari bor.

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Yevropa bölimi öz xodimlarini yiğib, koronavirusning yangi ştammiga qarşi strategiyani muhokama qildi.

«Vaziyatni diqqat bilan kuzatib turibmiz. Test qiliş, tarqalişni kamaytiriş borasida strategik qaror qilişga tayyormiz», degan JSSTning Yevropa bölimi rahbari Hans Klyuge.