«Özining standartlariga köra, suitsid (öz joniga qasd qiliş) masalasi bilan dunyo böyiça Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti şuğullanadi. Statistikasini ham şu taşkilot yuritadi. Nima uçun suitsid bölyapti, qanday çoralar köriş kerak, degan tahlillarni aynan JSST olib boradi.
Qarorlarda davlatimiz rahbari tomonidan Soğliqni saqlaş vazirligiga uşbu masala böyiça topşiriq berilgan. Lekin şu kunga qadar SSV öz joniga qasd qilişning oldini oliş böyiça heç qanday iş qilgani ham, olib borayotgani ham yöq. Suitsidolog deymizmi, ruhiy holat bilan işlaydigan nevropatolog deymizmi, kim bölsa ham, bu böyiça işlaşi kerak. Standartlari bölişi kerak. Hamma taşkilotlarga aytib, qattiq kuraş olib boriş lozim. Lekin bizda şu kuraş yöq. Mutlaqo yöq. Suitsid böyiça işlaş yöq bizda hozir. Faqat oqibati bilan işlayapmiz.

Kimdir öz joniga qasd qilganidan keyin ölmay qolgan bölsa, borib unga nega unaqa qilmoqçi edingiz, nima bölyapti, deymiz? Unga qandaydir bir yordam beriladi. Agar u ölib qolgan bölsa-çi? Marhumning ota-onasini yoki yaqinlarini tinçlantiriş bilan işlayapmiz, xolos.
Lekin bizdagi asosiy iş uning oldini oliş böyiça bölişi, sabablari bilan işlaşimiz kerak emasmi? Bunday holatning sabablarini aniqlaydigan kim deganda heç qaysi bir taşkilot javob bera olmayapti.
Soğliqni saqlaş vazirligida bu mas'uliyat bor. Endi bu böyiça parlament eşituvi böladi. Işni hozirdan boşlamasak, suitsidlar yana davom etaveradi. 2021 yilda ham, 2022 yilda ham gapiraveramiz şunaqa bölibdi, deb. Qaçon nuqta qöyamiz?
Bizga ommaviy axborot vositalari katta yordam beryapti. Jurnalistlar bilan blogerlarimiz berayotgan xabarlar bizning közimizni oçişi kerak emasmi?! Nima uçun biz özimiz bir töxtamga kelib, kim nima iş qilişi kerak ekanligini belgilab olmaymiz?» dedi Senat raisi.
Ma'lumot uçun, 2020 yilda suitsid bilan boğliq ikki voqea katta şov-şuvlarga sabab böldi.
Ulardan biri 29 sentyabr kuni Namanganda MIB xodimlariga norozilik sifatida özini yoqib yuborgan, tanasining 80 foizdan ortiq kuyişi natijasida vafot etgan ayol voqeasi edi. 30 noyabr kuni Andijon viloyati prokuraturasiga şikoyat bilan borgan ayol olgan javobidan qoniqmay, idora avtoturargohida ustiga benzin quyib, öziga










