Söz – ma’lum tovuşlar yoki belgilar yordamida ma’lumotni atrofga tarqatiş vositasi. Misol uçun, kimdir qiyin ahvolda qolganini bildirişi uçun u yoki bu körinişdagi sözlardan foydalanadi. Ma’lumot boşqalarga yetib boradi va söz egasi qiyin vaziyatdan çiqib oladi. Biroq, söz atrofga tarqalmasa, natija hosil bölmaydi.

Muammolar haqida ham şuni aytsa böladi. Muammoni körib qolgan odam u haqda atrofga ma’lumot tarqatiş imkoni bölsa, yaxşi. Unday bölmasa... Unday bölmasa, eee... yomon. Nega deysizmi?

Agarda jamiyatda ma’lumot tarqalişi çeklangan bölsa, ya’ni erkin tarqalmasa, unda muammolar borgan sayin köpayib boraveradi va bir kun kelib, hammayoq muammodan iborat bölib qoladi.

Aytgança, öşa, ma’lumot tarqalişiga tösqinlik qiladiganlar ham aslida bundan aziyat çekişadi. Çunki bir kunmas-bir kun muammolar ularning ham boşiga tuşadi. Ular buni tuşunişlari kerak. Özlari bölmasa-da, zurriyotlari bundan zarar köradi.

Ma’lumot tarqalişi erkinligining yana bir foydali jihati – xalqning içida turli fikr-u ğoyalar böladi. Kişilar ğoyalarini söz orqali bildirişlari mumkin, zero söz – ma’lumot tarqatişning eng asosiy vositasi. Agarda ularning ham ma’lumot tarqatiş imkoniyati çeklangan bölsa, yoki ma’lumotlar havoga uçib ketaversa, unda xalqning içidan çiqadigan yaxşi ğoyalar xalqning içida qolib ketadi va jamiyat rivojlanmaydi.

Rivojlangan mamlakatlarning asosiy sirlaridan biri ham şu – ularda xalqning aqliy zaxirasi işga solinadi. Axir, bittadan çiqmagan fikr boşqa birovdan çiqib qoladi-da.

Rivojlangan mamlakatlarning siri – ularda bilim e’zozlanadi. Şuning uçun ham rivojlanmagan davlatlardan bilimdonlar ular tomonga oqib ketaveradi, ketaveradi, ketaveradi. Ular rivojlanadi, bular esa...

Şuning uçun söz erkin bölsa, tösiqlarga uçramasa va e’zozlansa, mamlakat rivojlanadi. Kelajak avlod ham öşa – kelajagida yaxşi yaşaydi. Yoki biz öz bolalarimizga duşmanmizmi?

Muhammad Şakur tayyorladi.