«Yoşlarning loyihalarini moliyalaştiriş uçun Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi qoşida alohida jamğarma taşkil etiladi va unga 100 million dollar mablağ ajratiladi. Jamğarma yoşlarning loyihalarini röyobga çiqariş uçun qulay şartlarda va past foizlarda moliyalaştiradi. Bundan taşqari, kiçik sanoat zonalarida işlab çiqariş binolari qurilib, yoşlarga imtiyozli şartlarda ijara va lizing asosida beriladi», dedi prezident.

Forumda mutasaddilarga şu borada körsatmalar berildi.

«Bugun öz tengdoşlariga ibrat bölayotgan, jamiyatdagi yangilanişlar jarayonida faol iştirok etayotgan yoşlarimiz juda köp. Lekin, hayotda öz örnini topişga qiynalayotgan, adaşgan, kömakka muhtojlari ham yöq emas. Şuning uçun yoşlar, ayniqsa, ularning uyuşmagan qatlami bilan mas'ullar örtasida töğridan-töğri muloqot örnatişga xizmat qiladigan «Yoşlar murojaati» elektron platformasini yaratiş vazifasi topşiriladi», – dedi davlat rahbari.

Yoşlarda biznes könikmalarini rivojlantiriş masalasiga e'tibor qaratildi.

«Yaqinda ötkazilgan ijtimoiy sörovlar aksariyat yoşlarimizda ijobiy motivatsiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malaka yetişmasligini körsatdi. Demak, ularda tadbirkorlik könikmalarini şakllantirişga qaratilgan işlarni yanada kuçaytiriş lozim», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şuni inobatga olib, kasb-hunar hamda tadbirkorlik könikmalariga öqitiş orqali maxsus sertifikat olgan yoşlarga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada mikrokreditlar ajratiş yuzasidan zarur çoralar köriladi. Bu kreditlar 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan beriladi.

Uşbu maqsadlar uçun 2021 yilda 45 million dollar ajratilişi, şuningdek, yoşlarning tadbirkorlik loyihalari uçun Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturi doirasida har bir viloyatga 100 milliard sömdan kredit mablağlari yönaltirilişi qayd etildi.