Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston yoşlari forumiga taşrif buyurib, mamlakatimizda birinçi bor ötkazilayotgan uşbu anjuman bilan barçani tabrikladi.

«Men har gal yoşlarimiz bilan uçraşganimda sizlarning ğayrat-şijoatingizdan kuç-quvvat olaman, könglim toğday kötariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qiliş orzusi bilan yonib yaşayotganingizni yaxşi bilaman. Sizlarni Özbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman. 

Biz yurtimizda qanday islohotlarga qöl urmaylik, avvalo, siz kabi yoşlarga, sizlarning kuç-ğayratingiz, azmu şijoatingizga suyanamiz. Barçangiz yaxşi bilasiz, bugun öz oldimizga ulkan marralar qöyganmiz. Ona Vatanimizda Uçinçi Renessans poydevorini yaratişga kirişdik. Biz oila, maktabgaça ta'lim, maktab va oliy ta'limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bölğusi Renessansning eng muhim böğinlari deb hisoblaymiz. Şu sababli ayni uşbu sohalarda tub islohotlarni amalga oşirmoqdamiz. Işonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratişda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoşlarimiz faol iştirok etib, munosib hissa qöşadilar», – dedi Şavkat Mirziyoyev nutqining avvalida.

Davlat rahbari koronavirus pandemiyasi davrida yoşlar xalq dardiga darmon bölgani, «Saxovat va kömak» umumxalq harakatida köngilli sifatida qatnaşib, qiynalgan oilalarga amaliy yordam berganini alohida ta'kidlab ötdi.

Ma'lumki, yoşlar bilan işlaş böyiça Toşkent şahri namunasi yaratilib, öğil-qizlarning muammolari, taklif va istaklarini bevosita örganiş yölga qöyildi. Uşbu tajriba mamlakatimiz böylab keng qanot yozib, barça şahar va tumanlarda Yoşlar festivallari ötkazildi.

«Köpçiligingiz uşbu tadbirlar doirasida vazirlar, hokimlar va boşqa mutasaddilar bilan oçiq muloqot qildingiz. Men ham mazkur jarayonlarni televideniye orqali şaxsan kuzatib bordim. Yoşlarimizning dolzarb masalalarni dadil kötarib çiqişi, kuyunçakligi menga juda ma'qul böldi. Dunyoqaraşi keng, jonkuyar, ilğor fikrli farzandlarimiz köpligini körib nihoyatda quvondim», – dedi davlat rahbari.

Prezident Şavkat Mirziyoyev endi Toşkent şahri tajribasi butun mamlakatimiz böylab joriy etilişini aytib ötdi. Bu borada Toşkent, Qaşqadaryo va Xorazm viloyatlarida allaqaçon işlar boşlab yuborildi. Yoşlarga doir davlat siyosatini samarali amalga oşiriş maqsadida ularning ijtimoiy muammolarini tizimli asosda örganiş, bu boradagi işlarni muvofiqlaştiriş vazifasi mutasaddi taşkilotlarga yuklangan.