Forumda iste'dodli bolalar uçun imkoniyat yaratiş, körik-tanlovlarning ğolib va sovrindorlarini doimiy qöllab-quvvatlaş muhimligi ta'kidlandi.

«Agar masalaga çuqurroq qaraydigan bölsak, ertaga mana şunday yoşlar, tuman yoki şaharning «oltin fondi»ga aylanadi va şu hududning obrösini yuksaltirişga xizmat qiladi. Şuning uçun har qaysi tuman va şahar hokimiga 10-15 nafar mana şunday iste'dodli yoşni saralab, ularni har tomonlama tarbiyalaş va muntazam rağbatlantiriş tizimini yölga qöyiş vazifasi topşiriladi», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Izlanuvçan yigit-qizlarni rağbatlantiriş maqsadida joriy yilda yoşlar örtasida eng yaxşi ilmiy işlanmalar uçun umumiy qiymati 30 milliard sömdan ortiq bölgan «Yoş olimlar» innovatsion loyihalar tanlovi e'lon qilindi.

2021 yildan boşlab maktab öquvçilari va oliy öquv yurtlari talabalari örtasida «Bölajak olim» tanlovini taşkil qiliş orqali yoşlarning eng yaxşi innovatsion hamda startap loyihalariga 50 milliard söm mablağ yönaltiriş böyiça körsatma berildi.

«Bu işlarimizni davom ettirgan holda, kelgusi yilda 100dan ziyod şahar va tumanlarimizda axborot texnologiyalarini çuqur örgatadigan zamonaviy öquv markazlarini taşkil qilamiz. Yoşlarga xalqaro IT sertifikatlarini oliş xarajatlarining 50 foizgaça bölgan qismi qoplab beriladi. Yaqin ikki yilda «Bir million dasturçi» loyihasi doirasida 300 ming nafar yoşlar kompyuter dasturlaş asoslariga bepul öqitiladi.

Ikki va undan ortiq farzandi oliy öquv yurtida şartnoma asosida öqiyotgan oilalarga imtiyozli ta'lim krediti beriş yölga qöyilişi aytildi.