«Öz tajribamdan kelib çiqib, sizlarga aytadigan maslahatim şu: ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor ötmasin! Yoşlik – umrning eng bebaho davri. Ilm ötda yonmaydigan, suvda çökmaydigan, heç kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang! Sizlar mustaqillik farzandlarisiz. Ota-bobolaringiz körgan tösiq va qiyinçiliklarni körmay, ozod Vatanda erkin nafas olib, voyaga yetyapsizlar. Yuksak maqsadlar yölida siz – yoşlar hal qiluvçi kuç bölişingiz kerak. Men sizlarning zimmangizga yuklangan ana şunday ulkan mas’uliyatni, tom ma’nodagi tarixiy vazifani şaraf bilan ado etişingizga qat’iy işonaman», degan prezident.
Davlat rahbari yoşlar zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallaşi zarurligi, buning uçun barça kuç va imkoniyatlar işga solinişini aytib ötdi.
«Şu maqsadda ta’lim tizimida tub islohotlarni amalga oşiryapmiz. Sohada mutlaqo yangi tizim – Prezident va ijod maktablari, matematika, ximiya, biologiya fanlari böyiça maxsus maktablarni taşkil etyapmiz. Yoşlarimizga IT texnologiyalarni çuqur örgatadigan ta’lim maskanlarining soni tobora köpayib bormoqda.
Bu işlarimizning ilk mevalarini köra boşladik. Sönggi uç yilda mamlakatimiz yoşlari nufuzli xalqaro tanlov va musobaqalarda beş yarim mingtaga yaqin sovrinli örinlarni qölga kiritdi.
Toşkent şahridagi Prezident maktabi öquvçisi Firdavs Abduqayumov IELTS dasturi böyiça yuqori ball töplab, AQŞning Jon Karroll universitetida tahsil oliş uçun 96 ming dollarlik grant sohibiga aylandi. Firdavs öğlimni, uning ota-onasi va öqituvçilarini çin dildan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, yangi yutuqlar tilayman», degan prezident.
Şu sababli yoşlarning nufuzli xorijiy oliy öquv yurtlarida tahsil olişi uçun kömaklaşişga alohida e’tibor qaratilişi, jumladan, xalqaro ta’lim dasturlari böyiça eng yuqori ballarni töplagan iqtidorli yoşlarga imtihon topşiriş xarajatlari töliq qoplab berilişi ma’lum qilindi.











