«Örni kelganda, sizlarga yana bir muhim yangilikni aytib ötmoqçiman. Keyingi yildan oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtihonlarida eng yuqori ball töplagan 200 nafar yoş uçun Prezident granti joriy etiladi. Agar mavjud Prezident stipendiyasi faqat bir öquv yili uçun möljallangan bölsa, uşbu grant mablağlari tört yil davomida tölab boriladi», degan davlat rahbari.

Şuningdek, kelgusi öquv yilidan boşlab respublikadagi xorijiy oliy öquv yurtlarining bakalavriat bosqiçi talabalari uçun ham Prezident va davlat stipendiyalari joriy etiladi.

«Çunki bunday ta'lim maskanlarida öqiyotgan yoşlar ham özimizning farzandlarimiz. Ular ertaga yurtimiz taraqqiyoti uçun xizmat qiladi. Şunday ekan, ularga ğamxörlik qilib, iste'dodini rağbatlantirsak, öylaymanki, adolatdan böladi.

Ilm yölini tanlagan iqtidorli yoşlarimizni qöllab-quvvatlaş maqsadida keyingi yildan boşlab magistratura va doktorantura bosqiçlari uçun Prezident stipendiyasi kvotasini ikki barobarga oşiramiz. Işonçim komilki, bunday imkoniyat va imtiyozlarga avvalo yangi Renessans poydevorining bunyodkorlari sazovor böladi», – deya ta'kidladi davlat rahbari.