Raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş hisobidan xodimlar sonini va iş jarayonlarini optimallaştiriş çoralari körilmayotgani tanqid ostiga olindi.

«Şuning uçun, Hukumat ikki oy muddatda boşqaruvda bir-birini takrorlaydigan idoralar va funksiyalarni, ortiqça byurokratik tösiqlarni qisqartiriş böyiça hujjatlar loyihalarini tayyorlasin. Bunda davlat boşqaruvi xodimlari sonini örtaça 15 foizgaça optimallaştirişni nazarda tutiş zarur.

Kelgusi yil oxiriga qadar elektron davlat xizmatlarini 60 taga köpaytirib, ularni 300 taga, masofaviy xizmatlar uluşini esa kamida 60 foizga yetkaziş zarur.

Ikkinçidan, boşqaruv idoralarining hududiy masalalarni hal qilişdagi mas'uliyat va javobgarligi kuçaytiriladi.

Kelasi yil boşidan har bir vazirlik öz işini tuman, şahar, qişloq va mahalla kesimida rejalaştiradi va taşkil etadi.

Vazirlar va ularning örinbosarlari faoliyatiga tuman, şahar, qişloq va mahallada amalda qanday özgariş bölganiga qarab baho beriladi.

Boş vazir örinbosarlari, vazirlar, özlarining quyi tizim rahbarlari va xodimlarini yangiça talablar va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali işlaşga örgatiş va malakasini muntazam oşirib boriş uçun mas'ul böladi.

Deputat va senatorlar özlari saylangan hududdagi muammolar, tegişli vazirlik va hokimliklar tomonidan qay darajada hal etilayotganini doimiy örganib, nazorat qilib borişlari kerak», dedi prezident.