«2021 yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida yana bir katta siyosiy voqea – Prezidentlik saylovi bölib ötadi.
Markaziy saylov komissiyasi bölajak saylov milliy qonunçiligimiz va umume'tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida, yuksak saviyada taşkil etilişiga alohida e'tibor qaratişi lozim.
Birinçi navbatda, saylov komissiyalari a'zolarini saylov qonunçiligi va xalqaro standartlar böyiça tizimli öqitiş kerak.
Ötgan saylovlarda xalqaro kuzatuvçilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunçilik va amaliyotga tatbiq etiş işlarini davom ettiramiz.
Bu muhim siyosiy kampaniya yangi Özbekiston şaroitida saylovçilarimiz, barça fuqarolarimizning siyosiy va huquqiy madaniyati, dunyoqaraşi, grajdanlik pozitsiyasi yuksalib borayotganini yana bir bor namoyon etadi, deb işonaman», – deya prezident Mirziyoyev sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












