«Barçangizga ma'lumki, kirib kelayotgan 2021 yilda Özbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga 30 yil töladi. Albatta, bu tarixiy sanani siz azizlar va butun xalqimiz bilan birgalikda, “Yangi Özbekistonda erkin va farovon yaşaylik!” degan ezgu ğoya asosida keng bayram qilamiz.

Bugun kelgusi yil uçun reja va dasturlarimizni aniq belgilab olar ekanmiz, mustaqillik yillarida erişgan yutuqlarimizni yanada mustahkamlab, eng muhim va ustuvor sohalarni rivojlantirişga alohida e'tibor qaratamiz, albatta.

Ta'kidlaş kerakki, pandemiya barçamizga tibbiyotning birlamçi böğini, tez yordam xizmati, sanitariya-epidemiologiya tizimini tubdan isloh qiliş muhim hayotiy zarurat ekanini yana bir bor körsatdi.

Hozirgi vaqtda dunyoning boşqa mintaqalarida kuzatilayotgan “pandemiyaning navbatdagi tölqini” va u bilan boğliq xavf-xatarlar hammamizni yanada huşyor va ogoh bölişga undamoqda.

Buyuk ajdodimiz Imom Moturidiy hazratlarining “Tiriklik hikmatini soğliqda, deb bilgin”, degan çuqur ma'noli sözlari naqadar töğri ekanini hayotning özi bugun qayta-qayta isbotlamoqda.

Şu bois, mavjud imkoniyat va salohiyatimiz, pandemiya davrida orttirgan tajribamiz hamda xorijdagi ilğor yutuqlardan foydalanib, aholi salomatligini asraş va mustahkamlaş borasidagi tub islohotlarimizni yangi bosqiçga kötarişimiz zarur.

Bunda aholi, ayniqsa, yoşlarimiz örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş – eng ustuvor yönalişlardan biri bölişi lozim.

Umuman, har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta'minlaydigan yoş avlodning soğlom va barkamol bölib voyaga yetişi hal qiluvçi örin tutadi.

Şu sababli biz islohotlarimiz kölami va samarasini yanada oşirişda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu şijoatli, taşabbuskor yoşlarimizga tayanamiz.

Biz öz oldimizga mamlakatimizda Uçinçi Renessans poydevorini barpo etişdek uluğ maqsadni qöygan ekanmiz, buning uçun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Uluğbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va şaroitlarni yaratişimiz kerak.

Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantiriş, soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettiriş milliy ğoyamizning asosiy ustunlari bölib, xizmat qilişi lozim.

Uşbu maqsad yölida yoşlarimiz öz oldiga katta marralarni qöyib, ularga erişişlari uçun keng imkoniyatlar yaratiş va har tomonlama kömak beriş – barçamiz uçun eng ustuvor vazifa bölişi zarur. Şundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini röyobga çiqaradigan buyuk va qudratli kuçga aylanadi.

Şu maqsadda, “Yangi Özbekiston – maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boşlanadi”, degan ğoya asosida keng kölamli islohotlarni amalga oşiramiz.

Birinçidan, yoş avlodga boğça, maktab va oliygohda sifatli ta'lim-tarbiya berişni yölga qöyamiz, ular jismoniy va ma'naviy soğlom, vatanparvar insonlar bölib ulğayişi uçun barça kuç va imkoniyatlarni safarbar etamiz.

Ikkinçidan, yoşlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbaşariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bölgan insonlar etib voyaga yetkazamiz.

Uçinçidan, öğil-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori bölgan zamonaviy kasb-hunarlarga örgatiş, ularda tadbirkorlik könikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini şakllantiriş hamda taşabbuslarini röyobga çiqariş, iş va uy-joy bilan ta'minlaşga ustuvor ahamiyat qaratamiz.

Bir söz bilan aytganda, bola tuğilganidan boşlab, 30 yoşgaça bölgan davrda uni har tomonlama qöllab-quvvatlaydigan, hayotda munosib örin topişi uçun kömak beradigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratiladi.

Dunyo tajribasi şuni körsatadiki, yoş avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkaziş uçun sarflangan sarmoya jamiyatga ön, yuz barobar köp foyda keltiradi.

Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino bundan ming yil oldin, “Dovyurak va botir insonlar kelajakda sodir böladigan qiyinçiliklardan qörqmaydi”, deb bejiz aytmagan.

Yaqinda Qaşqadaryo, Xorazm viloyatlarida va Çilonzor tumanida bölib ötgan uçraşuvlarda yoşlarimiz tomonidan bildirilgan dadil fikr va taşabbuslar meni juda quvontirdi. Ayniqsa, kuni keça  Yoşlar forumida öğil-qizlarimizning yonib turgan közlarida ulkan azmu şijoatni, bilimga taşnalik va yangilikka intilişni körib, yanada ruhlandim va ulardan kuç oldim.

Ibn Sino bobomiz aytgan dovyurak va botir yoşlar aynan şu farzandlarim ekaniga yana bir bor amin böldim.

Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni köra oliş fazilatlarini yoşlarimizdagi ğayrat-şijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlaştira olsak, közlagan marralarga albatta yetamiz. Yangi Özbekistonni ana şunday bilimli va bunyodkor yoşlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz.

Ana şu muhim yönalişlarda boşlagan işlarimizni davom ettiriş va yangi, yuksak bosqiçga kötariş maqsadida, kirib kelayotgan 2021 yilga mamlakatimizda «Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili», deb nom berişni taklif etaman», dedi davlat rahbari.

Taklif bir ovozdan qöllab-quvvatlandi.

«Uşbu taklifni qöllab-quvvatlaganingiz uçun barçangizga çuqur minnatdorçilik bildiraman. [Yangi yilga] nom beriş juda oğir... Kelgusi yilga nom beriş böyiça köpdan beri tayyorgarlik kördik. Yoşlarimizga bölgan e'tiborimiz, joylardagi mahalliy kengaşlarda, mahalliy rahbarlar, umuman, butun mana şu muhit yoşlarga e'tibor qiliş zarurligini yana bir marta körsatdi. Ikkinçidan, pandemiya paytida aholi salomatligini mustahkamlaş böyiça boşlagan katta-katta işlarimizni agar bugun davom ettirmasak, pandemiya köndalang qöygan katta-katta muammolarni bugun hal qilmasak, ertaga keç böladi. Pandemiya paytida uzoq-uzoq qişloqlardagi odamlarimiz – hammamiz mana şu kamçiliklar, muammolardan qiynaldik. Sarosimaga tuşganimiz yöq, lekin qiynaldik va köplab muammolarimiz bilindi...

Yoşlar böyiça forumda ham katta-katta masalalar aytildi. Yoşlarga şunday imkoniyat yaratişimiz kerakki, Özbekistonning kelajagini buyuk qiliş uçun ular hamma narsaga qodir ekaniga hammamiz guvoh bölib turibmiz», deya ta'kidlagan Şavkat Mirziyoyev.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda 1997 yildan boşlab har bir yilga şu davr içida taraqqiyotning muhim yönalişlarini ifoda etadigan nom beriş an'anaga aylangan. 1997—2020 yillar oraliğida yillarga quyidagiça nom berilgan:

  • 2020 yil – Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili
  • 2019 yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili
  • 2018 yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili
  • 2017 yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
  • 2016 yil — Soğlom ona va bola yili
  • 2015 yil — Keksalarni e'zozlaş yili
  • 2014 yil — Soğlom bola yili
  • 2013 yil — Obod turmuş yili
  • 2012 yil — Mustahkam oila yili
  • 2011 yil — Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
  • 2010 yil — Barkamol avlod yili
  • 2009 yil — Qişloq taraqqiyoti va farovonligi yili
  • 2008 yil — Yoşlar yili
  • 2007 yil — Ijtimoiy himoya yili
  • 2006 yil — Homiylar va şifokorlar yili
  • 2005 yil — Sihat-salomatlik yili
  • 2004 yil — Mehr va muruvvat yili
  • 2003 yil — Obod mahalla yili
  • 2002 yil — Qariyalarni qadrlaş yili
  • 2001 yil — Onalar va bolalar yili
  • 2000 yil — Soğlom avlod yili
  • 1999 yil — Ayollar yili
  • 1998 yil — Oila yili
  • 1997 yil — Inson manfaatlari yili