«Yoşlar örtasida bandlikni ta'minlaş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş masalasi e'tiborimiz markazida böladi.
Buning uçun kelgusi yilda professional ta'lim tizimi mehnat bozoridagi talab va xalqaro andozalarga mos yangiça yondaşuvlar asosida isloh qilinadi. Bundan buyon işçi kasblar böyiça talab qöyişda malaka asosiy öringa çiqadi.
Şuning uçun, Hukumat kelgusi yil 1 yanvardan talab yuqori bölgan işçi kasblar böyiça fuqarolarning malaka darajasini tasdiqlaş tizimini joriy etsin.
Xabaringiz bor, kuni keça Yoşlar forumidagi uçraşuvimizda yoşlar tadbirkorligi va bandligini ta'minlaş uçun 100 million dollar ajratiş töğrisida qaror qabul qildik.
Bundan taşqari, yoşlarning biznes loyihalarini kreditlaş hamda ularni kasb-hunarga öqitiş uçun 1 trillion söm va 50 million dollar ajratiladi», dedi davlat rahbari.












