Eron AQŞ prezidenti Donald Trampni Islom inqilobi muhofizlari korpusining «Al-Quds» maxsus bölinmasi qömondoni, general Qosim Sulaymoniyning ölimida "birinçi raqamli" aybdor deb hisoblaydi. Bu haqda Eron sud hokimiyati rahbari Ibrohim Raisiyga tayanib Fars agentligi xabar berdi.
"Tramp – şahid Sulaymoniyning ölimiga javobgar bölgan birinçi raqamli jinoyatçi", dedi Raisiy.
Uning sözlariga köra, AQŞning yuqori darajadagi arboblari mazkur jinoyat böyiça tergovdan qoçib qutula olişmaydi va "şahid Sulaymoniyning ölimi uçun javob berişlari şart". Raisiyning qöşimça qilişiça, Eron bu işni örganiş uçun tegişli mexanizmlarni işga soldi va yetarliça dalillarga ega.
Duşanba kuni Eron inson huquqlari böyiça kengaş rahbari Ali Bağiriy Qaniy mamlakat hukumati Sulaymoniyning öldirilişiga aloqador 48 kişining şaxsini aniqlaşga muvaffaq bölgani va ularni javobgarlikka tortiş böyiça çoralar körilgani haqida ma'lum qilgandi.
Qosim Sulaymoniy şu yil 3 yanvarda Bağdod aeroporti yaqinida AQŞ droni zarbasi natijasida öldirilgandi. U bilan birga 4 nafar eronlik harbiy va Iroq armiyasining 5 vakili halok bölgan.










