Davlat soliq qömitasi raisi Şerzod Kudbiyev:

Savolingiz bir faylasufning firkini yodimga soldi: «Ehtiyoj insonni buyuk kaşfiyotçi qilib yaratadi», degan edi. Har qanday qiyinçilik sizni sinovdan ötkazadi va undan ğolib bölib çiqiş uçun butun vujudingiz bilan tafakkuringizni töliq işga solişga majbur bölasiz. Pandemiya uçta narsani örgatdi: inson salohiyatining çeksizligi (1), barça qiyin muammolarning yeçimini pastda, oddiy deb qaralgan masalalardan qidirişni (2), soliqlarni majburlab emas, ixtiyoriy tölatiş orqali köproq yiğiş mumkinligini (3).
Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Najmiddin Şaripov:

Pandemiya bizni mutlaqo özgaça fikrlaşga örgatdi, davlat boşqaruvi va an'anaviy biznes jarayonlarini butkul yangi yondaşuvlarga almaştiriş mumkinligini va ularning samaradorligini körsatib qöydi, qarorlarni qabul qilganda moslaşuvçanlik va tezkorlikni birinçi öringa çiqardi va eng asosiysi hayotimizda bağri keng xalqimizning örnini yana bir bora qançalik katta ekanligini körsatib qöydi.
Professional nuqtayi nazardan, yuzaga kelgan vaziyat raqobatni çeklaş va iste'molçilar xuquqlarini buzişga urinişlarga tezkorlik bilan munosabat bildiriş va çoralar körişni ta'minlaydigan mexanizmni yaratiş zaruratini oldimizga qöydi. Oddiy fuqaro nuqtayi nazaridan biz doim immunitetimizni saqlab turiş uçun soğlom turmuş tarzini olib borişimiz, oila va yaqinlarimizni qadrlaş qançalik muhimligini angladik.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Akmalxon Ortiqov:

Pandemiya barça jabhalarda elektron-onlayn xizmatlar, savdo va muloqotni rivojlantiriş orqali davlat organlarini xalqqa yaqinlaştirdi.
Endigi vazifamiz orttirilgan tajriba asosida interaktiv xizmatlarni yangi bosqiçga kötariş va elektron savdolarni izçil joriy etiş orqali şaffoflikni ta'minlaşdir!
Özbekiston tovar-xomaşyo birjasi rahbari Ziyovuddin Badriddinov:












