Ortda qolayotgan yilda asosan bema’ni videolar platformasi – TikTok ijtimoiy tarmoği Özbekistonda ham katta tezlikda ommalaşib, bahs-munozaralarni keltirib çiqardi.
Dekabr oyi boşida Kun.uz homiyligidagi «SUBYEKTIV» loyihasi «TikTok pandemiyasi» haqida hikoya qiluvçi körsatuvni e’lon qildi. Unda muallif Jamşidxon Ziyoxonov bugungi yoşlar hayotidan köpçilikka noma’lum sahifalar haqida söz yuritgan.
Jurnalist Bobur Akmalov özining «Kun. Munosabat» ruknining navbatdagi sonida Jamşidxon Ziyoxonov bilan şu mavzuda fikr almaşdi.
«TikTok'ning yaxşi yoki yomon tomonlari? Bu savolga körsatuvni tayyorlaş jarayonida ham javob qidirdim. Töğrisini aytsam, javob topişim juda qiyin böldi. Özbekistondagi maşhur tiktokerlar bilan gaplaşdim, menda ular haqida yomon taassurot qolgani yöq. Vaholanki, men ular işlayotgan videolarga yomon munosabatdaman.
Bu bema’ni videolarning heç qanday foydali tomoni yöq. Menimça, bu bolalar, ya’ni tiktok auditoriyasi söragan narsani berayotgan tiktokerlar – hozirgi trenddagi talabning qurbonlari.

Ularning köpçiligi videolari bema’ni ekanini tan olişyapti. Köpçiligi ma’noliroq videolar qilib körişgan, lekin u videolarni heç kim körmagan. Aksinça, bema’ni kontentni tomoşabinlar köproq körib, layk qöygani uçun ular şunaqa videolarni işlaşyapti. Va ularga katta-katta reklama takliflari tuşyapti.
Albatta, bunaqa katta kompaniyalar kelib, yillik şartnomalar tuzganidan keyin, tiktokerlarning özlariga işonçi ortadi, qilayotgan işiga tanqidiy munosabati kamayadi. Şunday ekan, bema’ni video olişda davom etaverişadi. Çunki ular bölmasa, örniga boşqalar şu işni qiladi.

Saviya juda ham sayozlaşib ketdi? Ha, şunday. Buni bekorga pandemiya deb atamadim. Ilk marta tiktokka kirib körganimda, logikaga töğri kelmaydigan, maza-matrasiz videolarni şunçalik köp odam körayotgani, layk bosayotgani, muhokama qilayotganini körib şokka tuşganman.












