Koronavirus infeksiyasi faol tarqalişi sababli Fransiyaning 15ta departamentida çeklovlar kuçaytirildi. Bu haqda hukumatning rasmiy vakili Gabriel Attal ma'lum qildi.
Jumladan, endilikda komendantlik soati 20:00dan emas, balki 18:00dan boşlanadi.
«Bu murakkab qaror. Bir haftadan söng biz 15 departamentda kengaytirilgan komendantlik soatining ta'sirini örganamiz», — dedi Attal.
Avvalroq Janubiy Afrika Respublikasida aniqlangan koronavirusning yangi ştammi Fransiyagaça yetib borgani ma'lum bölgandi.
Virus mamlakatga JARdan qaytib kelgan erkakda aniqlangan. Infeksionistlar unda 501.V2 Janubiy Afrika ştammi aniqlanganligini tasdiqlaşgan.











