«Dunyodagi TOP-10’likka kiradigan Samsung kompaniyasining respublikamizda törtta rasmiy ofisi oçildi. Yaqin kunlarda Apple kompaniyasining ham rasmiy ofislari oçilişi rejalaştirilmoqda.
Bu albatta aholimiz uçun yanada qulay dunyoga maşhur bölgan kompaniyalarning xizmatlaridan foydalaniş imkoniga ega böladi», degan vazirlik vakili AOKAda ötkazilgan brifingda.
Ma'lum qilinişiça, 2020 yil 1 noyabr holatiga köra, ötgan yilning şu davriga nisbatan Özbekistonga mobil telefonning qonuniy importi qariyb 10 baravarga oşgan. 2020 yil yanvardan 1 noyabrgaça Özbekiston 781,7 ming mobil telefon import qilgan.
Vazirlik vakilining sözlariga köra, Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan mobil qurilmaning bir slotiga tegişli IMEI-kodi 2019 yil 1 noyabrgaça avtomatik röyxatdan ötgan va bazaga kiritilgan bölsa, uning boşqa slotidagi IMEI-kodi qurilma egasi tomonidan quyidagi harakatlar bajarilganidan söng tizim operatori tomonidan 3 iş soati mobaynida bepul amalga oşiriladi:
- mobil qurilma egasining tizim operatori yoki tizim röyxatga oluvçisiga şaxsini tasdiqlovçi hujjat bilan şaxsan murojaat qilişi;
- IMEI kodining uşbu mobil qurilmaga haqiqiy ekanligini tasdiqlaş (mobil qurilma klaviaturasida *#06# kodini yozib olingan IMEI kodining ekran tasvirini taqdim etiş);
- Nizomga muvofiq anketa taqdim etiş.
Ma'lum qilinişiça, tizimni joriy etişning birinçi bosqiçida, ya'ni 2019 yil 1 apreldan 1 noyabrga qadar 36,2 mln IMEI kodlar tizimda avtomatik tarzda bepul asosda röyxatdan ötkazilgan. Ikkinçi bosqiçda (1 noyabrdan 1 dekabrgaça) esa 2,8 mln IMEI kodlar tizim operatoriga murojaat qiliş orqali bepul asosda röyxatdan ötkazilgan. 2019 yil 1 dekabrdan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini röyxatdan ötkaziş pullik asosda amalga oşirilib kelinmoqda.












