Bayonot «Sababni bartaraf etmasdan turib, oqibatlarga qarşi kuraşib bölmaydi» sarlavhasi ostida e'lon qilingan. Undan, agentlikning asosiy funksiyasi – korrupsiya holatlari aniqlanganda korrupsionerlarni jazolaş emas, balki bunga olib kelayotgan sabablarni aniqlaşdan iborat ekanini tuşuniş mumkin.

«Sönggi paytlarda davlat xaridlari jarayonlaridagi qonunbuziliş holatlari töğrisidagi xabarlar goh u hududda, goh bu hududda sodir bölayotgani böyiça köplab xabarlar paydo bölmoqda va ular haqli ravişda ommaviy muhokamalar mavzusiga aylanmoqda.

Yakunda esa ularning aksariyatida ma'lum bir normalar buzilgani aniqlangan bölsa-da, javobgarlik belgilaş, budjet mablağlarini ortga qaytariş masalalari oçiq qolmoqda. Ularni jazolaş kerak mazmunidagi gap-sözlar avjiga çiqayotgan pallada qonunbuzilişiga sabab bölayotgan omillarni bartaraf etiş masalasi soyada qolib ketmoqda», – deyiladi bayonot avvalida.

Ta'kidlanişiça, bu kabi jinoyatlar 2020 yilda köpaygani yöq: ular oldingi yillarda ham bölgan va bundan-da kattaroq holatlarda namoyon bölgan. Ammo ularning aksariyati aniqlanmay qolib ketavergan. Davlat xaridlari böyiça yagona axborot portalining işga tuşirilişi va u yerda zaruriy ma'lumotlarning oçiqlanişi natijasida barça xarid jarayonlari töğrisida aholi xabardor bölmoqda.

«Bundan xulosa qiliş mumkinki, oçiqlik, oşkoralik ta'minlansa, jazo muqarrar bölsa, har bir fuqaroda korrupsiyaga murosasizlik kayfiyati şakllantirilsa, jinoyatçilarning ortidan quvlab yurişga hojat qolmaydi. Hamma narsa jamiyat köz öngida va nazoratida böladi.

Uşbu jarayonlar Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining yetarli vakolatlarga ega emasligi, xususan, tergov va suriştiruv ötkaziş imkoniyatining yöqligi kabi yana bir bahs-munozaralarga ham öziga xos javob bölmoqda. Ya'ni korrupsiya holati aniqlangani bilan uning oldini oliş, jazo muqarrarligini ta'minlaş, bu jarayonga aholini faol jalb etiş masalalari hal etilmasa, har qança kuraşmang, har qança huquqbuzarni uşlamang, natijaga erişib bölmaydi. Qaçonki, masalaga kompleks yondaşilsagina biz uşbu sohadan ijobiy natija kutişimiz mumkin.

Şundan kelib çiqqan holda korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş sohasida davlat siyosatini amalga oşiriş, taşkilotlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlarining birgalikdagi samarali faoliyatini ta'minlaş uçun mas'ul bölgan maxsus vakolatli davlat organi sifatida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi taşkil etildi.