Havosi eng ifloslangan şaharlar röyxatida 2-örinni Kobul (Afğoniston), 3-örinni esa Daqqa (Bangladeş) egallamoqda.

Bişkek uşbu röyxatda oxirgi hafta içida ikkinçi marta 1-örinni egallamoqda. Bungaça Qirğiziston poytaxti 2- va 3-örinlarni egallagan.  

Bişkekda havo ifloslanişi bilan boğliq vaziyat oxirgi 3 yil içida keskinlaşa boşlagan. Mutaxassislar bunga bir neça sababni keltirişmoqda: birinçidan, Bişkek issiqlik elektr stansiyasining sifatsiz rekonstruksiya qilinişi; ikkinçidan, şaharda şamollar aylanişini hisobga olmagan holda köp qavatli uylarning betartib qurilişi; uçinçidan, avtomobillarning köpligi.  

Ba'zi jamoat taşkilotlari havo ifloslanişi sababli Bişkekda favqulodda vaziyat rejimi kiritişni talab qilişmoqda.