Apple Inc korporatsiyasining boş ijroçi direktori Tim Kuk 2020 yilda qariyb 300 mln dollar işlab topgan. Bu haqda korporatsiyaning qimmatli qoğozlar va birjalar böyiça komissiyaga (SEC) yöllagan hisobotida ma'lum qilindi.

Koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, 2020 yilgi moliyaviy yilda Apple daromadi 3,9 foizga ösgan. Kompaniya kapitalizatsiyasi esa 80 foizga ösib, 2 trln dollardan ortiqroqni taşkil etdi.

Natijada Tim Kukning mukofot pullari 40 foizga - 10,7 mln dollarga oşdi. Bundan taşqari, u 2011 yilda rasmiylaştirilgan uzoq muddatli rağbatlantiriş paketi doirasida kompaniyaning umumiy qiymati 281,9 mln dollarlik aksiyalarini qölga kiritgan. 

 Tim Kuk ötgan yili 3 mln dollar maoş olgan. Kompaniya şuningdek, uning xavfsizligini ta'minlaş uçun 470 ming va aviaparvozlari uçun 432 ming dollar sarflagan.

Tim Kuk korporatsiyada 1998 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 

Eslatib ötamiz, Tim Kuk ötgan yil avgustda milliarderga aylangan.