IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, mazkur mobil axborot tizimi yöl harakati qatnaşçilari va YPX xodimlari uçun qulaylik yaratiş maqsadida işlab çiqilgan bölib, unda axborot kiritiş, oliş va tarqatiş imkoniyatlari mavjud.

Imkoniyatlar orasida:

  • aholini yöl-transport hodisasi öçoqlari haqida tezkor xabardor qiliş;  
  • yangi örnatilgan yöl belgilari haqida xabardor qiliş;
  • çorrahalarda tirbandliklarning oldini oliş, muammoli vaziyatlarni kamaytiriş;
  • foydalanuvçilar yöl harakati qoidalarini buzganlik holati töğrisida axborotlarni taqdim etiş (Road24 dasturi orqali olingan videoyozuvlarni ilova qilib yuboriş);  
  • yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun jarimalar haqida ma'lumotlarni oliş;
  • jarimalarni tölaş imkoniyati;
  • avtomobil yöllarining ma'lum muddatga yopilişi (ta'mirlaş işlari) haqida axborotlarni oldindan oliş imkoni;
  • har bir foydalanuvçining şaxsiy kabineti;
  • statistik axborotlarni jamlaşning yagona tizimini yaratiş;
  • transport vositasini jarima maydonçasidan olib çiqiş uçun masofadan turib, onlayn tarzda ruxsatnoma oliş bor.

Şuningdek, haydovçi yoki piyoda tomonidan aniqlangan yölda harakatlaniş bilan boğliq muammolar uşbu dasturda belgilanib, boşqa haydovçilar ogohlantiriladi.

Közlangan maqsadlardan yana biri — dasturda belgilangan kamçilik va muammolar mas'ullar tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilişi.