Henley & Partners tomonidan tuzilgan röyxatda Özbekiston uç poğonaga pasayib, 86-örinni egalladi. Reytingga köra, Özbekiston fuqarolari 57 mamlakatga vizasiz kirişlari yoki yetib borgandan keyin viza olişlari mumkin.

Özbekiston Kot-d'Ivuar va Gabon bilan 86-örinni bölişib oldi.

Yaponiya reytingda birinçi örinda turibdi. Yaponiya fuqarolariga 191ta davlatga vizasiz kiriş yoki borgandan keyin viza oliş huquqi berilgan. Ikkinçi örinda 190 mamlakat bilan Singapur, uçinçi örinda Janubiy Koreya va Germaniya joylaşgan. Ularning fuqarolari 189 mamlakatga vizasiz kirişlari yoki borgandan keyin viza olişlari mumkin.

Törtinçi poğonada Finlyandiya, Italiya, Lyuksemburg va Ispaniya (188 davlat) bölsa, beşinçi örinda - Avstriya va Daniya (187 davlat). Fransiya, Irlandiya, Niderlandiya, Portugaliya, Şvetsiya 6-poğonada (186 davlat), Belgiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Şveytsariya, Buyuk Britaniya va AQŞ 7-örinda (185 davlat). Sakkizinçi poğonadan Avstraliya, Çexiya, Gretsiya, Malta (184 davlat), töqqizinçi örindan Kanada (183 davlat) va 10-poğonadan Vengriya (182 davlat) joy oldi.

MDH mamlakatlaridan Rossiya 50-örinda (116 davlat), Belarus va Qozoğiston 70-örinda (75 davlat), Ozarboyjon 76-örinda (67), Armaniston 80-örinda (63), Tojikiston 85-örinda (58) va Turkmaniston 90-örinda (53 davlat).

Reytingning sönggi qatoridan Afğoniston joy olgan. Mazkur davlat fuqarolari uçun 26ta mamlakatga vizasiz kiriş imkoni mavjud.