Minimal iste'mol xarajatlari – moddiy va boşqa ijtimoiy yordamga muhtoj aholining maqsadli guruhini aniqlaş mezoni.

Bu orqali kambağallik çegarasi belgilanadi. Moddiy imkoniyati şu çegaraga yetmagan yoki undan past uy xöjaliklariga davlat tomonidan moddiy va ijtimoiy kömak beriladi.

Örganişlar natijasida Özbekistonda minimal iste'mol xarajatlari bir oyda kişi boşiga 440 ming sömni taşkil etişi ma'lum qilindi.

Bunda masalan, 5 kişidan iborat oilaning bir oylik xarajatlari 2 mln 200 ming sömga töğri keladi. Ya'ni öşa oilaning oylik iste'mol xarajatlari mana şu mablağdan kam bölsa, uni 2 mln 200 ming söm miqdoriga yetkaziş davlat e'tiboridagi masalaga aylanadi.

Rasmiylarga köra, kam daromadli xonadonlarda kişi boşiga kunlik iste'mol qilinadigan oziq-ovqat 2200 kilokaloriya bölişi kerak. Buning minimal miqdori esa jon boşiga oyiga 295 ming sömdan töğri keladi.

Özbekiston Konstitutsiyasining 39-moddasiga asosan, pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boşqa turlarining miqdori rasman belgilab qöyilgan tirikçilik uçun zarur eng kam miqdordan oz bölişi mumkin emas.

Şu asosda hozir ayrim fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar yoki pensiya miqdori 440 ming sömdan kam tölanayotgan bölsa, endilikda ular şu miqdorga yetkazilişi kutilmoqda.

Minimal iste'mol xarajatlari qanday hisoblanadi?

Bugungi kunda minimal iste'mol xarajatlari qiymatidan Argentina, Armaniston, Vetnam, Gruziya, Moldova, Möğuliston, Malayziya, Pokiston, Tojikiston, Xitoy va Qirğizistonda foydalanib kelinmoqda.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligiga köra, minimal iste'mol xarajatlarini hisoblaş bir neçta bosqiçlarda amalga oşiriladi.