Navoiy viloyat hokimligi «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi direktori Mansurov Bahodir Pölatoviç oilasiga tegişli bölgan «Mexrangez B-2002» MÇJ bir neça milliard sömlik davlat buyurtmalarini qölga kiritgan, deb yozmoqda Telegram’dagi «Davletovuz» kanali muallifi.

Ta'kidlanişiça, Navoiy viloyati Karmana tumani «Boğişamol» MFY hududidagi 30-sonli maktabni rekonstruksiya qiliş (240 örinli öquv bloki quriş) obekti böyiça tender komissiyasi yiğilişi 2020 yilning 3 iyunida ötkazilgan. Qiymati 2 milliard sömlik mazkur obektning tender hujjatlarini Bahodir Mansurov komissiya raisi örinbosari sifatida imzolagan.

Bundan taşqari, Navbahor tumani 8-sonli maktabgaça ta'lim muassasasi binosini mukammal ta'mirlaş (125 örinli blok qurilişi) obekti ham «Mexrangez B-2002» MÇJga nasib qilgan. Qariyb 2,8 milliard sömlik mazkur obekt böyiça tanlov komissiyasi majlisi 2019 yilning avgustida ötkazilgan. Tanlov komissiya raisi esa Bahodir Mansurov bölgan.

Hozirgi kunda «Mexrangez B-2002» kompaniyasining barça uluşi Saodat Mansurovaga tegişli bölib, unga Mehrangiz Mansurov rahbarlik qiladi. «Davletovuz»dagi ma'lumotga köra, uşbu şaxslar Bahodir Mansurovning turmuş örtoği va farzandi hisoblanadi.

Ma'lumot uçun, Navoiy viloyat hokimligi «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi boş muhandisi bölib işlagan Alişer Bahromoviç Turdiyev hujjatlarga 2020 yilning iyul oyidan 2021 yilning yanvarigaça kompaniya direktori v.b. sifatida imzo qöygan.

Uning oilasiga taalluqli kompaniya — «Baxrombek kelajagi» MÇJ ham bir neça milliard sömlik davlat buyurtmalarini qölga kiritib kelgan.

Mazkur kompaniya uluşi töliğiça Mavlonov Javlonbek Abdihamidoviçga tegişli. «Davletovuz» ma'lumotiga köra, u Alişer Turdiyevning kuyovi — singlisining turmuş örtoği hisoblanadi. «Baxrombek kelajagi» MÇJ Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi mablağlari hisobidan moliyalaştirilgan Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi 24-maktabni rekonstruksiya qiliş (160 örinli öquv bloki quriş) obekti böyiça tenderda