Fransiya boş vaziri Jan Kasteks va soğliqni saqlaş vaziri Olive Veran koronavirus pandemiyasining uçinçi tölqinini töxtatişga qaratilgan yangi çoralar kiritilişini e'lon qildi. Bu çoralar orasida komendantlik soati amal qilişining kengaytirilişi bor bölib, u 15 departamentda soat 18dan boşlanadi.
Uşbu departamentlarga 8 yanvarda yana 10 departament qöşilişi mumkin. Mamlakatning qolgan qismida komendantlik soati 20dan boşlab amal qilişi saqlanib qoladi.
Boş vazir hukumat bar, kafe va restoranlar egalari hamda madaniyat arboblariga peşvoz çiqa olmasligidan afsusdaligini aytgan. Teatr, muzey, kinozallar yanvar oxirigaça, restoranlar esa fevral örtasigaça yopiq qoladi.
Fransiya hukumati, şuningdek, taşqi çegaralardagi nazoratni kuçaytirmoqda. Britaniya bilan çegara “koronavirusning inglizça varianti” paydo bölgani sababli yangi körsatmalar berilgunga qadar yopiq qoladi. Mamlakatga koronavirusning yöqligini tasdiqlovçi PsR-tessiz kirib bölmaydi.
Fransiyada kuniga 15 ming yangi kasallaniş holati qayd qilinmoqda. Hukumat bunday oğir vaziyatdan çiqişning yagona yölini emlaşni tezlaştirişda körmoqda. “Emlaş - birinçi ustuvor vazifadir”, deb ta'kidlab ötgan Fransiya boş vaziri.












