Rossiya hukumati mamlakat hududida sotiladigan gadjetlarga örnatiladigan dasturlar röyxatini tasdiqladi.
Hukumat qarori 2021 yil 1 apreldan kuçga kiradi. Dasturlar Rossiya hududida sotiladigan barça smartfonlar, kompyuterlar va "aqlli" televizorlarga örnatiladi.
Bahorda mobil telefonlar va planşetlarda "Yandeks" (qidiruv tizimi, brauzer, xarita, disk), Mail.ru poçtasi, ICQ messenjeri, "Marusya" ovozli yordamçisi, OK Live videotranslatsiyalar servisi, "VKontakte", "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlari, MirPay tölov tizimi ilovasi, davlat xizmatlari portali, matnli fayllar bilan işlaydigan "MoyOfis Dokumenti" ilovasi, Kaspersky Internet Security, Applist.ru mahsulotlari paydo böladi.
Bundan taşqari, kompyuterlarga "MoyOfis Standartniy. Domaşnyaya versiya" paketi örnatiladi.
Rossiyada sotiladigan raqamli televizorlarga "Yandeks" mahsulotlari, "aqlli" uylar uçun Wink ilovasi, IVI servisi, KinoPoisk portali ilovasi, OKKO, More.tv, START onlayn-kinoteatrlari, Perviy, NTV, PREMIER, Smotrim ilovalari yuklanadi.
YeOII a'zolari - Belarus, Qozoğiston va Qirğiziston mazkur qarorni tanqid qildi. Bu mamlakatlar vakillarining sözlariga köra, hujjat Jahon savdo taşkilotining xizmatlar sotiş böyiça boş kelişuvi va Bojxona ittifoqining "Past voltli qurilmalar xavfsizligi töğrisida"gi texnik reglamentiga zid keladi.












