Milliy olimpiya qömitasi xabarida aytilişiça, suv omborining yuzasi muzlagani sababli uşbu maskanda şuğullanayotgan eşkak eşuvçilar suvda maşğulot ötkaza olişmayapti.
“Biroq yangi mavsumda öz oldiga jiddiy maqsad qöygan sportçilarimiz maşğulotlarni trenajyor zalida davom ettirişmoqda. Ayni damda uşbu bazada akademik eşkak eşuvçilarimizning töliq tarkibi, şuningdek, baydarka va kanoeçilarimizning ma'lum qismi maşğulot olib borişmoqda”, - deyiladi xabarda.
Ma'lumot uçun, Tuyaböğiz suv ombori (Toşkent dengizi) Ohangaron daryosining örta oqimida barpo etilgan gidrotexnika inşooti sanaladi. Inşoot 1962 yilda qurilgan va daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. Umumiy hajmi 250 mln kubometr, foydali hajmi 224 mln kubometrni taşkil etadi. Suv yuzasi maydoni 20 kvadrat kilometr, örtaça çuqurligi - 12,5 metr.
Tuyaböğiz suv ombori töğonining uzunligi 2,4 kilometr, ikki çekkasi qumoq tuproqdan qurilgan. Töğon ustidan Toşkent - Bekobod avtomobil yöli ötadi. Suv ombori atrofida dam oliş zonasi taşkil etilgan.












