Italiya naşrining yozişiça, Genuya klubi forvardi Eldor Şomurodov «Yuventus» e'tiboriga tuşgan. Turin klubi yozgi transfer oynasida özbekistonlik forvardni öz safiga qöşib olmoqçi. «Yuventus» jamoa safida ijara asosida töp surayotgan Alvaro Moratani yozda «Atletiko»ga qaytarmoqçi. Ispaniyalik 28 yoşli hujumçi örniga özbekistonlik 25 yoşli forvardni taklif etmoqçi. 

«Yuventus» sentabr oyida «Atletiko»dan Moratani 9 million yevro evaziga 2021 yilning yoziga qadar ijaraga olgandi. Kelişuv şartida futbolçini 45 million yevro evaziga sotib oliş huquqi yozilgan bölsa-da, turinliklar rahbariyati uning örniga Şomurodovga qiziqiş bildira boşlagan.

Ma'lumot uçun, Şomurodov ötgan mavsumda «Rostov»dan «Jyenoa»ga 7,5 million yevro evaziga ötgandi. Eldor Italiya A Seriyasi joriy mavsumida 10 öyinda maydonga tuşib, 2ta gol va 2ta uzatmaga mualliflik qilgan. 25 yoşli forvard sönggi ikki öyinida jamoasining eng yaxşi öyinçisiga aylandi.