Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallalar uchun sirtqi ta'lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy ta'lim muassasalarida “5520100 – Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)” bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun sirtqi ta'lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.
Sirtqi ta'lim shakli doirasida:
- o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi;
- kadrlar tayyorlash bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch OTM hisoblanadi;
- Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lgan hamda kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari talabalikka tavsiya etiladi;
- tasviyanoma asosida o‘qiyotgan talabalar o‘qishini boshqa bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga ko‘chirishiga ruxsat berilmaydi.
Tavsiyanomalar, jumladan, quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
- egallab turgan lavozimida so‘nggi bir yil davomida faoliyat yuritayotganligi;
- mahalla tizimida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lganligi;
- faoliyat yuritayotgan fuqarolar yig‘ini reyting ko‘rsatkichi bo‘yicha “namunali” deb topilganligi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
17:51 / 22.06.2026
Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
20:38 / 19.03.2026