Xurşid Tursunovga uyning kalitlari Navoiy şahridagi «Yoşlar» markazida ötgan tantanali tadbirda topşirildi. Bu haqda Sport vazirligi xabar bermoqda.

Taqdirlangan suzuvçi 2020 yil yakunlariga köra viloyatda «Eng yaxşi sportçi» nominatsiyasi ğolibi ham bölgan.

Tadbirda 2020 yilda yuqori natijalarga erişgan navoiylik sportçilar, Yoşlar forumida faol qatnaşgan iqtidorli yoşlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoşlar rağbatlantirilgan.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Yoşlar forumi doirasidagi Yoşlar festivali Navoiyda 2020 yil 18–25 dekabr kunlari bölib ötgan.

Ma'lum qilinişiça, forumda 40ga yaqin loyiha va tadbirlar taşkil etilib, tanlov va musobaqalar, xususan Hokim kubogi sport turniri ham taşkil etilgan.

«Hokim kubogi va festival doirasida taşkil etilgan kibersport, «Şunqorlar» öyinlari, basketbol, voleybol, mini-futbol, stol tennisi, badminton, şaxmat-şaşka hamda velosport musobaqalarida ğoliblikni qölga kiritgan yoşlar qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi», – deyiladi xabarda.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Qator nominatsiyalarda ğolib deb topilgan faollar maxsus sovğalar bilan mukofotlangan:

  • «Eng yaxşi murabbiy» – Mahmud Toğayev
  • «Eng yaxşi ayol murabbiy» – Farida Toğayeva
  • «Sport fidoyisi» – Ibodulla Rahmonov (marhum)
  • «Eng yaxşi sport tarğibotçisi» – Tohir Abdurahmonov
  • «Eng yaxşi sport taşkiloti» – Navoiy olimpiya zaxiralari kolleji
  • «Ayol sport fidoyisi» – Larisa Kim
  • «Eng yaxşi jamoa» – Navoiy viloyati voleybol jamoasi
  • «Eng yaxşi sport homiysi» – Navoiy kon metallurgiya kombinati