2021 yil 1 fevraldan boşlab, budjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oşirilişi xabar qilingandi. Qonunçilikka muvofiq, tölov-kontrakt narxlari mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorlariga boğlangan va iş haqlari oşirilganida kontrakt miqdorlari ham kötarilişi kerak edi.
Ammo pandemiya şaroitida respublika aholisining tölov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy ta'lim muassasalarida tölov-kontrakt asosida öqiyotgan oilalarga yengillik yaratiş va ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş maqsadida joriy öquv yilida amaldagi tölov-kontrakt miqdorlari özgarişsiz saqlab qolindi.
Huquqşunos va bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev davlat granti va tölov-kontrakt asosida öqiydigan talabalarning stipendiyalari miqdorida qanday özgarişlar bölişini hisobladi.
Unga köra, davlat grantida öqiydigan talabalarning bazaviy stipendiyasi 10 foizga oşirilib, 42 ming 800 söm qöşiladi, ya'ni 470 ming 800 söm etib belgilanadi (avval 428 ming söm edi).
Agar davlat grantida öqiydigan talaba semestr yakunida barça fanlardan «a'lo» (5) baho (reyting körsatkiçi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20 foizga oşirilgan holda, ya'ni 564 ming 960 söm miqdorida stipendiya tayinlanadi (avval 513 ming 600 söm edi).
Stipendiyali tölov-kontraktni tanlagan talabalarning tölov-kontrakt miqdorlari esa avvalgidek saqlanib qoladi.
Umumiy qoidaga köra, agar talaba stipendiyali kontraktni tanlagan bölsa, unda har oylik bazaviy 428 ming söm stipendiyani hisobga olib, kontraktiga qöşimça 5 mln 136 ming söm tölagan. Şuning hisobiga ular 12 oy davomida bölib-bölib 428 ming söm stipendiya oladi. Ya'ni özi tölagan pulni özi qaytarib oladi. Endi garçi 1 fevraldan stipendiyalarning bazaviy miqdori oşirilayotgan bölsa-da, lekin mantiqan olganda stipendiyali tölov-kontraktni tanlagan talabalarning stipendiyasi oşirilmaydi. Çunki ular 428 ming sömga möljallab kontrakt puli tölagan.
Bunday vaziyatda oşirilgan stipendiya oliş uçun ular kontraktiga qöşimça tölov qilişiga töğri keladi. Ya'ni fevraldan boşlab 7 oy uçun 42 ming 800 sömdan hisoblaganda jami 299 ming 600 söm qöşimça tölov qilişi kerak. Ana şunda ular öquv yili oxirigaça oşirilgan stipendiya miqdorini — 470 ming 800 sömni olişi mumkin böladi.












