Prezidentning «Özbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yanada rivojlantiriş va ziyoratçilar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Farmonga ilova qilingan uzoq xorij va qöşni respublikalardan xorijiy ziyoratçi sayyohlarni qabul qiliş, ularga qulay şart-şaroitlar yaratiş böyiça «Yöl xaritasi»ga muvofiq, 2021 yildan boşlab transport-logistika xizmatlarini yaxşilaş hamda rivojlantiriş çoralari köriladi.
Xususan, özbek diasporasi istiqomat qiladigan qöşni mamlakatlarning yirik şaharlari – Öş, Jalolobod, Turkiston, Çimkent, Duşanbe, Xöjand, Mozori-Şarifdan turizm salohiyati yuqori bölgan şaharlarga avtobus marşrutlarini yölga qöyiş böyiça muzokaralar ötkaziladi.
Şuningdek, «Öş-Toşkent» yönalişini amalga oşiriş uçun Tojikistonning Xöjand şahridan ötgan magistral yölda harakatlaniş böyiça Tojikiston hukumati bilan kelişuvga erişiş çoralari köriladi. Kelişuv natijasiga köra, xalqaro muntazam avtobus yönalişi taşkil etilişi mumkin.
Uşbu tadbirlarni amalga oşiriş böyiça taşkiliy çora-tadbirlar 2021 yilda işlab çiqilişi belgilangan. Işlab çiqiş va amalga oşiriş uçun Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Transport vazirligi va Taşqi işlar vazirliklari mas'ul qilib belgilangan.











