Tomonlar Toğli Qoraboğ böyiça yaraşuv kelişuvining amalga oşirilişi qanday borayotganini muhokama qilişadi. 

Kreml matbuot xizmatining xabar berişiça, Toğli Qoraboğda harbiy harakatlar natijasida jabrlangan hududlar aholisiga yordam körsatiş, savdo-iqtisodiy va transport aloqalarini tiklaş va rivojlantiriş masalalariga alohida e'tibor qaratiladi.   

Bundan taşqari, Putinning Aliyev va Paşinyan bilan alohida uçraşuvlar ötkazişi rejalaştirilgan.  

Paşinyanning matbuot kotibi Mane Gevorgyanning Facebook’da ta'kidlaşiça, Armaniston uçun uçraşuvda harbiy asirlar va bedarak yöqolganlar masalasini kötariş muhim hisoblanadi.   

“Armaniston uçun asirlarni qaytariş, ozarboyjonliklar pozitsiyalari ortida qolgan askarlarimiz bilan boğliq qidiruv-qutqaruv amaliyoti, halok bölganlar jasadlarini izlaş, bedarak yöqolganlar taqdiri masalalari hal qiluvçi ahamiyatga ega. Armaniston Moskvadagi uçraşuvda bu masalalarning muhokama qilinişini muhim ahamiyatga ega deb hisoblaydi”, deb yozgan Gevorgyan. 

Toğli Qoraboğda 2020 yil sentyabr oxirida Ozarboyjon va Armaniston örtasida harbiy ixtilof avj olgandi. Noyabrda tomonlar Rossiya kömagida yaraşuv kelişuvini imzolagandi.