2020 yilda pandemiya jahon miqyosida köçmas mulk va avtomobil bozorlariga sezilarli ta'sir körsatdi, Özbekiston ham bundan mustasno emas. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziy ilmiy xodimi Halilluloh Hamidov koronainqirozning Özbekiston avtomobil va ipoteka bozorlariga ta'sirini örgandi.

Tahlillarga köra, koronavirus infeksiyasining tarqalişi bilan boğliq karantin çeklovlari joriy etilgunga qadar, respublika köçmas mulk bozorida talab har oyda örtaça 6-7 foizga oşib borgan. Toşkent şahri va viloyatidagi köçmas mulk bozorlaridagi savdolar umumiy bozor hajmining 40-45 foizini taşkil etgan.

«Aprel oyidan boşlab butun mamlakat böylab lokdaun (qat'iy karantin) joriy qilindi, bu esa köçmas mulkka bölgan talabning 2019 yilning şu davriga nisbatan 87,1 foiz (Toşkent şahrida 94,2 foiz va Toşkent viloyatida 89,8 foiz)ga kamayişiga olib keldi. May va iyun oylarida respublika böyiça köçmas mulk oldi-sotdisi böyiça rasmiylaştirilgan şartnomalar soni mos ravişda 25,9 foiz va 135,2 foizga yuqorilab ketdi. Qisqa vaqt içida savdo operatsiyalarining sezilarli darajada ösib ketişi bir tomondan, doimiy röyxatga oliş tartibi soddalaştirilişi, ikkinçi tomondan, may oyidan boşlab karantin çoralari bosqiçma-bosqiç yumşatilişi bilan izohlanadi», – deya ta'kidlangan Hamidov tayyorlagan hisobotda.

Özbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 22 apreldagi «Doimiy propiska qiliş hamda turgan joyi böyiça hisobga oliş tartibini isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida» farmonining qabul qilinişi bilan may oyida, 2019 yilda tegişli davrga nisbatan, köçmas mulk oldi-sotdi şartnomalari sonining ösişi Toşkent şahrida 148,7 foizga, Toşkent viloyatida 26,5 foizga yetdi, iyun oyida uşbu körsatkiç mos ravişda 257,5 foiz va 190,7 foizni taşkil etdi. Şunisi qiziqarliki, aynan şu davrda köçmas mulk savdosining ösişi Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi uylarning narxlariga deyarli ta'sir qilmadi. Bu, asosan, ilgari boşqa şaxslar nomiga rasmiylaştirilgan uylarning haqiqiy egalari nomiga ötkazilişi bilan izohlanadi.

2020 yilning sentyabriga kelib, köçmas mulk bozorida talab yana özining uzoq muddatli trendiga qaytdi. Xususan, sentyabr oyida köçmas mulk oldi-sotdilari soni ötgan oyga nisbatan 24,2 foizga (2019 yilning mos davriga nisbatan 41,7 foizga), oktyabr oyida – 1,7 foizga (24,8 foizga), noyabr oyida – 0,5 foizga (22,9 foizga