Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 20 apreldagi «Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan bir martalik afv muddati tugagani bois, endidan o‘zboshimcha va noqonuniy qurilmalar egasi javobgarlikka tortiladi.
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Murod Fayzullayevning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, aksiya doirasida Toshkent shahridan 36 ming 568ta murojaat kelib tushgan, shundan 71 foizi ijobiy hal etilgan, 17 foizi rad etilgan, 12 foizi sub'yektiv va obektiv sabablarga ko‘ra komissiya ishchi guruhi o‘rganishida turibdi.
«Aksiya tugaganiga qaramay, 12 foiz arizalar hokimliklarda turganining sababi shundaki, Shayxontohur tumanida «Eski shahar» hududi, Yunusobod tumanida «Hasanboy» hududida kanallar bor, bu kabi hududlarda turgan obektlarga javob berish va ijobiy hal qilish imkoniyati yo‘q. Endidan noqonuniy qurilma aniqlanganda, chora ko‘riladi. Buyog‘iga aksiya bo‘lmaydi, davlatning yerini asrashimiz kerak. Ammo chora ko‘rishdan oldin, birinchi galda tushuntirish ishlari olib boriladi», – dedi Murod Fayzullayev.
Boshqarma boshlig‘iga ko‘ra, noqonuniy holatlar aniqlanib kadastr xizmatiga murojaat kelib tushsa, joyiga chiqib vaziyat o‘rganiladi. Agar obekt o‘zboshimchalik bilan egallangan bo‘lsa, holat yuzasidan tegishli organlarga xabar beriladi va ta'sir choralari ko‘riladi.
Ta'kidlanishicha, 2020 yilda 676ta holat bo‘yicha ishlar sudga oshirilgan va taqdimnomalar kiritilgan. Masalan, Sergeli tumani «Savatcha» maahallasida 19ta qurilma tuman hokimligi bilan hamkorlikda joylarda bartaraf etilgan.
Avvalroq, biror shaxsning o‘ziga qarashli bo‘lgan, lekin noqonuniy qurilgan uyiga qonuniy egalik qilish huquqini taqdim etgan bir martalik umumdavlat aksiyasidan so‘ng, uni qayta o‘tkazishga ehtiyoj sezilmayotgani








