Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xabariga köra, Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorlari bilan:
Inomjon Majidov Özbekiston Milliy universiteti rektori;

Öktam Salomov Farğona politexnika instituti rektori;

Avazjon Marahimov Termiz davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Ma'lumot uçun, Avazjon Marahimov Milliy universitet rektori sifatida işlab kelayotgandi. U 2016 yil oktyabridan buyon uşbu vazifada faoliyat yuritdi.
Avvalroq, Qonunçilik palatasi yiğilişida oliy va örta maxsus ta'lim vaziri lavozimiga Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toşqulov nomzodi körib çiqilgandi. Deputatlar tomonidan Abduqodir Toşqulov oliy va örta maxsus ta'lim vaziri lavozimiga ma'qullandi.
Eslatib ötamiz, Inom Majidov 2016 yil sentyabridan oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari, 2017 yil iyunidan esa vazir lavozimida faoliyat körsatayotgandi.












