Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Tokio Olimpiadasigaça bölgan musobaqalar taqvimini e'lon qildi. Unda ilk bor Toşkentda «Katta Dubulğa» turniri ötkazilişi rejalaştirilgan. Bungaça har yili Toşkent şahrida Gran-pri turniri ötkazib kelinayotgan edi.
Joriy yilning 5-7 mart kunlari Toşkent şahri dzyudo böyiça «Katta Dubulğa» turkumiga kiruvçi yirik musobaqaga mezbonlik qiladi. Ilk bor ötkazilayotgan uşbu turnir Tokio Olimpiadasi uçun katta reyting oçkolarini taqdim qilişi bilan ahamiyatlidir.
Özbekiston dzyudo federatsiyasi ma'lumotiga köra, bugun Milliy olimpiya qömitasida uşbu musobaqaga tayyorgarlik böyiça yiğiliş bölib ötgan.
«Musobaqaning nufuzi baland bölgani bois unga dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 1000 nafarga yaqin mehmon kelişi kutilmoqda. Tabiiyki, epidemiologik davrda barça mehmonlarning xavfsizligi va salomatligini ta'minlaş katta mas'uliyat talab etadi. Yiğilişda poytaxtimizga taşrif buyuradigan mehmonlar uçun Toşkent xalqaro aeroportida talab etiladigan COVID-19 testini topşiriş, transport-logistika masalalari, mehmonxonalarga joylaştiriş uçun barça qulayliklarni yaratiş kabi mavzular kun tartibining asosiy masalalari böldi», — deyiladi federatsiya xabarida.
Dzyudo böyiça mavsumni 11-13 yanvar kunlari Qatarda ötgan «Masters» turniri boşlab berdi. Unda iştirok etgan özbekistonlik sportçilar bitta bronza medali bilan turnirni 16-örinda yakunladi.

















