Içki işlar vazirligi YHXBB boşliği örinbosari Erali Bozorov maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş moslamalari bugungi kunda töliq işlayotganini ma'lum qildi.
«Töğri, oldinroq bu borada ozgina muammolar bölgan edi. Bu muammolar hozirgi kunda yeçilgan. Hozirgi kunda birorta ham sertifikatdan ötkazilmagan qoidabuzarlikni aniqlaş moslamalaridan foydalanilmayapti.
Avvalroq tezlikni ölçaş (radar) moslamalarida muammo paydo bölgan edi. Ayni paytda uşbu fotoradar moslamalari işlatilmayapti hamda yöllarda örnatilgan radarlar bugungi kun talabiga mos keladi», deydi Erali Bozorov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahar hokimligi mas'ul xodimi Toşkent şahri çorrahalariga Şveytsariya kompaniyasi tomonidan örnatilgan qoidabuzarliklarni qayd etuvçi videokuzatuv moslamalarining litsenziyasi tugagani aytgan, biroq IIV YHXBB mas'ul xodimi uşbu ma'lumotni rad etib, kameralarga litsenziyalar muayyan muddatga emas, balki umrbod berilganini bildirgandi.










