Maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali yöl harakati qoidalari buzilgani qayd etilgan hollarda jarima soliş va uni tölaş tartibi xususida Toşkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Imomali Tuyev ma’lumot berdi.

– Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga muvofiq, maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali yöl harakati qoidalari buzilgani qayd etilgan hollarda jarima soliş töğrisidagi qarorning köçirma nusxasi maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari qöllanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, elektron hujjatni qoğozdagi hujjatga aylantiriş yöli bilan tayyorlanadi hamda mazkur qaror çiqarilgan kundan e’tiboran uç kun içida buyurtma poçta jönatmasi tarzida huquqbuzarga yuboriladi, dedi u.

Lekin, agar ma’muriy jazo qöllaniş töğrisidagi qaror çiqarilgan kundan boşlab uç oy mobaynida ijroga qaratilmagan bölsa (qaror nusxasi huquqbuzarga topşirilmagan, huquqbuzarning işlaş, yaşaş joyiga yoki davlat ijroçisiga yuborilmagan bölsa va h. k.), u holda bunday qaror ijro etilmaydi.

Uşbu holat böyiça xizmat tekşiruvi ötkaziladi va aybdor mansabdor şaxsga nisbatan tegişli intizomiy çora körilib, u haqidagi ma’lumot ma’muriy iş hujjatlariga qöşib qöyiladi.

Huquqşunosning ta’kidlaşiça, agar 3 oy içida jarima soliş töğrisidagi qaror yetkazib berilmasa, uşbu jarimani tölamasa böladi. Ammo 3 oygaça qaror yetkazib berilsa, uşbu jarimani tölaş majburiy.